Jahon | 12:24 / 13.10.2022
16499
2 daqiqa o‘qiladi

Mikolaiv va Kiyev tunda havo hujumlariga uchradi

Rossiya qo‘shinlari Kiyev hududidagi muhim infratuzilma obektlariga havodan zarbalar berdi. 

Foto: Picture Alliance

Ukraina prezidenti ofisi rahbari o‘rinbosari Kirilo Timoshenkoning so‘zlariga ko‘ra, gap Eron kamikadze-dronlarining hujumlari haqida ketmoqda. 

Tehron Rossiyaga uchuvchisiz uchoqlar yetkazib berilayotganini rad etyapti, Moskva bu ma’lumotga izoh bermayapti.

Mikolaiv ham tunda kuchli raketa zarbalariga uchradi. Bu haqda shahar meri Aleksandr Senkevich o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qildi. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, hujumlar natijasida besh qavatli turar joy binosiga zarar yetgan: «Yuqori ikki qavat butunlay vayron bo‘lgan, qolgan hammasi vayronaga aylangan. Voqea joyida qutqaruvchilar ishlamoqda». Vayronalar ostida odamlar bo‘lishi mumkin. 

Ukraina qurolli kuchlarining zenit raketa bo‘linmalari va qiruvchi samolyotlari bir sutka davomida Rossiyaning 19 ta kamikadze uchuvchisiz uchoqlari va beshta Ka-52 zarba beruvchi vertolyotini yo‘q qildi, deb xabar berdi havo kuchlari qo‘mondonligi Telegram’da.

Bundan oldin BMT Bosh assambleyasi Rossiyaning Ukraina hududlarini annexia qilishini qoralagandi.

Rossiyaning harakatlarini qoralovchi rezolyutsiyani 143 davlat vakillari qo‘llab-quvvatladi, 35 tasi betaraf qoldi. Yana besh davlat – Rossiya, Belarus, Suriya, Shimoliy Koreya va Nikaragua bunga qarshi chiqdi.

Mavzuga oid

E`lonlar