Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Buyuk Britaniya moliya vaziri iste’foga chiqdi. U lavozimida 38 kun ishladi
Buyuk Britaniya moliya vaziri Kvazi Kvarteng yangi lavozimida atigi 38 kun ishlaganidan so‘ng iste’foga chiqdi.
U bosh vazir Liz Trass bilan birgalikda moliyaviy islohot rejasini taqdim qilganidan so‘ng, fond bozorida betartiblik yuzaga kelgan va funt sterling kursi rekord darajada pastga qulagan edi.
«Mendan hukumatingizdagi moliya kansleri lavozimini tark etishni so‘radingiz. Bunga roziman», deyiladi Kvarteng tomonidan Britaniya bosh vaziri Liz Trass nomiga yozilgan maktubda. Uning nusxasi ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilindi.
Shundan so‘ng, Trass matbuot xizmati yangi moliya vaziri sifatida Jyeremi Hant tayinlanganini e’lon qildi.
Kvarteng 23 sentabr kuni yangi soliq-budjet siyosatini e’lon qildi. U soliqlarni katta hajmda qisqartirishni nazarda tutgan edi. Buning oqibatida budjet yiliga 45 milliard funt sterling (51 milliard dollar) yo‘qotishi mumkin edi. Shuningdek, hukumat, elektr energiyasi va gaz narxini muzlatish uchun iste’molchilarga ikki yil davomida 150 milliard funt sterling (170 milliard dollar) sarflashni rejalashtirgandi.
Qimmatli qog‘ozlar va obligatsiyalar bozori bu rejaga o‘ta og‘riqli munosabatda bo‘ldi va funt sterling kursi rekord darajada pasayib, hatto ma’lum bir nuqtada dollarga tenglashdi. Angliya Banki bozorni qo‘llab-quvvatlash uchun obligatsiyalarni sotib olishga deyarli 65 milliard funt sterling (74 milliard dollar) sarflab, intervensiya qilishga majbur bo‘ldi.
Endi Trass soliq-budjet siyosatining bir qismidan voz kechishi kutilmoqda.
Mavzuga oid
08:50 / 08.06.2026
SIPRI: dunyoda yadroviy qurollar soni yana o‘sishi mumkin
08:44 / 08.06.2026
Yevropa yetakchilari va Zelenskiy tinchlikning besh shartini e’lon qildi
16:53 / 04.06.2026
Buyuk Britaniyada 18 yoshli talaba o‘limi tufayli namoyish va tartibsizliklar ro‘y berdi
08:44 / 02.06.2026