Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
To‘qayev Qozog‘iston harbiy doktrinasiga o‘zgartirishlar kiritdi
Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev mamlakat harbiy doktrinasiga o‘zgartirishlar kiritish haqidagi farmonni imzoladi. Unda Rossiya qurolli kuchlari bilan hamkorlik qilish haqidagi band bor.
Foto: esquire.kz
Hujjat 2022 yil 12 oktyabrda e’lon qilindi.
Yangi harbiy doktrinada Qozog‘iston hech qaysi davlatni o‘ziga dushman deb hisoblamasligi qayd etilgan.
Shuningdek, Qozog‘iston Respublikasi ratifikatsiya qilingan xalqaro shartnomalarga muvofiq, tinchlikparvar va boshqa operatsiyalarda ishtirok etishi, shuningdek boshqa vazifalar va tadbirlarni bajarishi mumkinligi belgilangan.
Bundan tashqari, Qozog‘iston Respublikasi kiradigan jamoaviy xavfsizlik kuchlari tarkibida harbiy tahdidlarga munosib javob berishga tayyorgarlikni ta’minlashi qayd etilgan.
Shu jumladan, Qozog‘iston va Rossiya Federatsiyasining havo mudofaasi bo‘yicha yagona mintaqaviy tizimini rivojlantirish, raketa hujumi bo‘yicha ogohlantirish tizimining asosiy elementlarini yaratish va koinot kengliklarini nazorat qilish ko‘zda tutilgan.
Shuningdek, Qozog‘iston terrorizm, ekstremizm va giyohvand moddalarning noqonuniy aylanishiga qarshi xalqaro kurashda faol ishtirok etishi, Qozog‘iston Respublikasi harbiy-sanoat kompleksi mahsulotlarini tinchlikparvar operatsiyalarda (missiyalarda) foydalanish uchun ta’minlashi ham belgilab qo‘yilgan.
Mavzuga oid
18:30 / 16.12.2025
Qozog‘istonda mol go‘shti eksporti cheklandi
18:06 / 16.12.2025
Qozog‘iston va O‘zbekiston Rossiya gazi tranziti bo‘yicha shartnoma imzoladi
11:25 / 16.12.2025
Qozog‘iston urush sabab qochgan rossiyalik o‘smirni deportatsiya qilmoqda
23:01 / 15.12.2025