Ukraina harbiy razvedkasi Igor Strelkovni asirga tushirish uchun 100 ming dollar va’da qildi
Avvalroq rossiyalik harbiy muxbirlar u ko‘ngilli sifatida frontga yo‘l olganini xabar qilishgandi.
Ukraina mudofaa vazirligi Bosh razvedka boshqarmasi Igor Strelkov (Girkin)ni ukrain asirligiga tushirish uchun 100 ming dollar to‘lanishi kafolatlanishi haqida ma’lum qildi.
«Ma’lumki, eng taniqli rossiyalik terrorchilardan biri bizning davlatimizga qarshi urushdagi o‘z ishtirokini tiklashga qaror qilgan», — deyilgan press-relizda.

Avvalroq bir qator rossiyalik harbiy muxbirlar va «vatanparvar» telegram-kanallar Strelkov frontga yo‘l olgani haqida ma’lum qilgandi. «Operatsiya Z: voyenkory Russkoy vesny» kanali u frontga «zamkombat» (batalon komandiri o‘rinbosari) lavozimida yo‘l olgani va «bundan buyon ijtimoiy tarmoqlarda hech narsa yozmaslik majburiyatini olgani» haqida xabar qilgan.
Strelkov doimiy ravishda Ukrainadagi urushning borishiga munosabat bildirib, Rossiya rahbariyati harakatlarini tanqid qilib kelardi (xususan, u keng ko‘lamli bosqinning ilk davridayoq Rossiyada safarbarlik e’lon qilishga chaqirgan). Uning so‘nggi posti 10 oktyabr kuni e’lon qilingandi.
Shuningdek Strelkov nomi Rossiyada Rossiya armiyasini «obro‘sizlantirish» va u haqda feyk xabarlar tarqatish bo‘yicha tekshirilgani aytilgan rossiyaparast blogerlar qatorida tilga olingan. Bunday tekshiruv chindan ham o‘tkazilgani haqida tasdiqlangan ma’lumot yo‘q.
- Igor Strelkov — FSB (FXX)ning sobiq ofitseri, 2014 yil bahorida Ukraina sharqida rossiyaparast jangovar bo‘linmalarga rahbarlik qilgan, keyinroq «DXR» mudofaa vaziri lavozimini egallagan. Strelkov o‘zini Ukrainadagi «urushni qo‘zg‘atib bergan» odam deb atagan.
- Niderlandiyada Strelkovga MH17 halokati bo‘yicha ayblov qo‘yilgan; prokuratura uni umrbod qamoq jazosiga mahkum etishni so‘ragan. Ukrainada unga qarshi bir qancha jinoiy ishlar ochilgan, jumladan terrorizm va urush urf-odatlari va qonunlarini buzish bo‘yicha.
Tavsiya etamiz
Alonso «Real»da. Endi kim o‘zgaradi – klub yoki murabbiy?
Sport | 11:37 / 29.05.2025
Chet ellik jangchilar, xususan o‘zbeklar Suriyadan quviladimi?
Jahon | 21:35 / 28.05.2025
Moskvada shaharni bilishini isbotlab bermagan taksichilar jarimaga tortiladi
Jahon | 20:35 / 27.05.2025
Bozor – go‘sht narxi haqida: “Yem-xashak qimmat, mol boqish oson bo‘lmay qoldi”
O‘zbekiston | 17:00 / 27.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Isroilning G‘azoda «humanitar niqobi», Moskvaning «yonini olgan» AQSh va Mask bilan xayrlashgan Tramp – kun dayjesti
Jahon | 14:38
-
Isroil G‘azo shimolidan falastinliklarni majburan ko‘chirishni boshladi
Jahon | 14:14
-
«Harbiy to‘qnashuv ham turgan gap edi» - Abdulaziz Komilov Markaziy Osiyoda 2016 yilgacha bo‘lgan muhit haqida
O‘zbekiston | 13:47
-
Ijaraga berilgan yerlardan foydalanish samaradorligi oshiriladi
O‘zbekiston | 13:42
Mavzuga oid

08:43
Oq uy kelasi hafta Rossiya va Ukraina to‘g‘ridan to‘g‘ri muzokaralar o‘tkazishiga umid qilmoqda

08:01
Tramp: Rossiyaning Ukrainaga bergan zarbalaridan hayratdaman va hafsalam pir bo‘ldi

21:30 / 30.05.2025
Trampning bosimidan so‘ng: Rossiya muzokara belgiladi

18:55 / 30.05.2025