Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston og‘ir atletika bo‘yicha Osiyo chempionatida beshinchi bo‘ldi
Bahraynda og‘ir atletika bo‘yicha Osiyo chempionati yakunlandi. O‘zbekiston sportchilari 2 ta oltin va 4 ta bronza medali bilan umumjamoa hisobida beshinchi o‘rinni egalladi.
6-16 oktabr kunlari Bahrayn poytaxti Manama shahrida og‘ir atletika bo‘yicha Osiyo chempionati o‘tkazildi.
O‘zbekiston milliy jamoasi sportchilari «katta medallar» toifasida 2 ta oltin va 4 ta bronza medali bilan umumjamoa hisobida beshinchi o‘rinni egalladi.
Jumladan, Adhamjon Ergashev (-67 kg vazn toifasida) va Doston Yoqubov (-73 kg) oltin medalni, Muhammadqodir Toshtemirov (-81 kg) va Sharofiddin Amriddinov (-102 kg) bronza medalini qo‘lga kiritishdi.
Ayollar orasida Nigora Abdullayeva (-55 kg) va Tursunoy Jabborova (-87 kg) ham bronza medaliga ega bo‘lishdi.
Umumjamoa hisobida Xitoy milliy jamoasi birinchi (6 ta oltin va 2ta kumush), Qozog‘iston milliy jamoasi ikkinchi (3 ta oltin, 2ta kumush, 3 ta bronza), Vetnam milliy jamoasi uchinchi (3 ta oltin va 2ta kumush) o‘rinni egalladi.
O‘zbekiston og‘ir atletikachilari 2020 yilda Toshkentda o‘tkazilgan Osiyo chempionatida 1 ta oltin, 2 ta kumush va 3 ta bronza medali bilan beshinchi o‘rinni qo‘lga kiritishgan edi.
Mavzuga oid
15:28 / 02.03.2026
Yanvarda tashqi savdo aylanmasi 1,3 mlrd dollarga oshdi
18:10 / 28.02.2026
O‘zbekistonning Isroildagi elchixonasi vatandoshlarni ogohlantirdi
14:16 / 25.02.2026
O‘zbekiston Afg‘onistonda temir va mis konlarini qidirishni boshladi
13:25 / 23.02.2026