09:51 / 17.10.2022
4887

O‘zbekistondagi 28 ta oliy ta’lim muassasasi THE reytingiga da’vogarlar ro‘yxatida qayd etildi

O‘zbekistonning 28 ta oliy ta’lim muassasasi World University Rankings – 2023 xalqaro reytingida «reporter» maqomiga ega, deb xabar bermoqda «Dunyo».

Foto: Dunyo

Buyuk Britaniyaning Times Higher Education agentligi tomonidan e’lon qilingan World University Rankings – 2023 reyting natijalariga ko‘ra, bu yil respublikaning yana 18 ta oliy ta’lim muassasasi «reporter» maqomida qayd etildi. Bu bilan Top-1000 talik reytingdan joy olish uchun da’vogarlar o‘tgan yilgi 10 tadan 28 taga yetdi.

Ushbu reytingda universitetlar 4 ta yo‘nalishdagi samaradorlik ko‘rsatkichlari baholandi: o‘qitish, tadqiqot, ta’lim sifati va xalqaro istiqbollar.

Mazkur 28 ta oliy ta’lim muassasasi THE nufuzli reytinglariga kirish uchun nomzod sifatida tanlanib, bunda reyting agentligi ularga yaqindan yordam beradi.

Joriy yil ushbu reytingda dunyo miqyosida 1 799 ta universitet qayd etildi. 526 ta universitet «reporter», ya’ni da’vogar universitetlar nominatsiyasiga ega bo‘ldi.

Mavzuga oid
Top