09:06 / 18.10.2022
7342

AEXA: ZAES quvvatni zaxira tizimi orqali olyapti

Zaporijjya AES oxirgi ishlayotgan 750 kilovoltli tashqi elektr uzatish liniyasidan uzilib, zaxira tizimi orqali quvvat olyapti. Bu haqda Atom energiyasi bo‘yicha xalqaro agentlik (AEXA) bosh direktori Rafael Grossi bayonotida aytiladi. U agentlik saytida e’lon qilingan.

Foto: CNN

Bundan oldin Zaporijjya atom elektr stansiyasidagi AEXA vakillari shikastlangan elektr tarmog‘i bilan aloqa liniyasi tiklangani va obekt Ukraina elektr tarmog‘iga qayta ulanganini tasdiqlagandi. 

Biroq, Rafael Grossi buni qabul qilib bo‘lmaydigan vaziyatda faqat «vaqtinchalik yengillik», deya qo‘shimcha qildi u va Yevropadagi eng yirik atom elektr stansiyasi atrofida xavfsizlik zonasini yaratish zarurligini yana bir bor ta’kidladi.

Avvalroq Putin Zaporijjya AESni Rossiya mulkiga o‘tkazish haqidagi farmonni imzolagandi.

Rossiya prezidenti hukumatga «Zaporijjya atom elektr stansiyasidagi atom energiyasidan foydalanish obektlarining federal mulkka qabul qilinishini ta’minlash»ni topshirdi. 

Mavzu
Rossiya-Ukraina urushi
2022 yil 22 fevral kuni Rossiya Ukraina chegarasidan o‘tib, qo‘shni mamlakatga bostirib kirdi. Ukraina armiyasi jang taklif qildi.
Barchasi
Mavzuga oid
Top