Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon banki Belarus kreditlarini xizmat ko‘rsatilmaydigan maqomga o‘tkazdi
Belarus kreditlari bo‘yicha qaror to‘lovlar olti oydan ortiq muddatga kechiktirilgan holatlar uchun belgilab qo‘yilgan tartibda qabul qilindi, deya ma’lumot berdi Jahon banki.
Foto: Reuters
Jahon banki Xalqaro tiklanish va taraqqiyot bankining (XTTB) Belarusga berilgan yoki ushbu davlat tomonidan kafolatlangan barcha kreditlariga xizmat ko‘rsatilmaydigan maqom berdi. Tashkilotning 17 oktyabr, dushanba kuni ma’lum qilishicha, bu chora Jahon bankining istalgan kredit bo‘yicha to‘lovlarni olti oydan ortiq kechiktirish tartibiga mos keladi.
Bayonotda ta’kidlanishicha, 2022 yil 14 oktyabr holatiga ko‘ra, Minskning Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki oldida muddati o‘tgan to‘lovlari 68,43 million dollargacha oshgan. XTTBning Belarus tomonidan to‘lanmagan kreditlarining asosiy summasi 967 million dollarni tashkil etadi, bu XTTBning to‘lanmagan kreditlari umumiy summasi 0,42 foiziga teng.
Jahon banki, shuningdek, XTTB avvalroq Belarusga kreditlar to‘lashni to‘xtatib qo‘yganini eslatdi. Bundan tashqari, bayonotda 2020 yil may oyidan beri Minsk uchun yangi kreditlar tasdiqlanmagani va 2022 yil 2 martda Jahon banki guruhi Belarusdagi barcha dasturlarini to‘xtatgani qayd etilgan.
XTTB Rossiya va Xitoy bilan birga Belarusning eng yirik kreditorlari qatoriga kiradi. Ukrainaga qarshi urush uchun G‘arb sanksiyalari kiritilgandan so‘ng Minsk XTTB va boshqa G‘arb kreditorlari oldidagi majburiyatlarini Belarus rublida bajarishini ma’lum qildi. Kiyev va G‘arb Belarusni Ukrainaga qarshi urushda Rossiya bilan sheriklikda ayblaydi.
Mavzuga oid
10:30 / 21.01.2026
Lukashenko Trampning “Tinchlik kengashi”ga qo‘shilishga rozi bo‘ldi
15:24 / 31.12.2025
Lukashenko 20 nafar siyosiy mahbusni afv etdi
13:34 / 31.12.2025
RF Mudofaa vazirligi: «Oreshnik» Belarusda jangovar navbatchilikni boshladi
14:15 / 30.12.2025