Qozog‘istonlik tahlilchi Karimov va Nazarboyev raqobati hamda ikki davlatning bugungi aloqalari haqida gapirdi
Qozog‘istonlik tahlilchi Saparboy Jubayev Kun.uz muxbiriga bergan intervyusida O‘zbekiston va Qozog‘istonning birinchi prezidentlar davridagi raqobati hamda bugungi ittifoqdoshlik aloqalari haqida gapirdi.
“Men ikki davlat o‘rtasidagi aloqalar avvalgiga nisbatan to‘la o‘zgargan, deya ishonch bilan ayta olaman. Chunki men O‘zbekiston Moliya vazirligida ishlaganimda prezident Karimov va Nazarboyev o‘rtasidagi munosabatlardan juda yaxshi xabardor edim. O‘shanda ular chindan ham juda ko‘p narsalarni birga hal qilish o‘rniga ikki tomonga tortgan. Bu bizning iqtisodiy rivojlanishimizga salbiy ta’sir ko‘rsatdi. Mayli, bu gaplar endi tarix.
Bugun vaziyat yaxshilanishida men To‘qayevdan ko‘ra Shavkat Mirziyoyevning xizmatini yuqori baholagan bo‘lardim. Chunki O‘zbekiston Markaziy Osiyoda aholisi eng ko‘p va kuchli davlat. Bu nuqtada O‘zbekiston o‘z munosabatini o‘zgartirdi. Bunga To‘qayev to‘laqonli javob berdi.
Esingizda bo‘lsa kerak, shu yil iyun oyida O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘zaro ittifoqdoshlik to‘g‘risida shartnomani ham imzoladi. Hozir ikki prezident juda yaxshi aloqada.
O‘ylaymanki, Turkmanistonning Turkiy davlatlar kengashiga kirishida ham Shavkat Mirziyoyevning xizmati katta. Bu aloqalar iqtisodiy, siyosiy va harbiy tomonlama ham yaxshi natija beradi.
Lekin men shu o‘rinda yana bir fikrni aytishim kerak. Bu yaxshi aloqalar qaysidir tomonga qarshi bo‘lishi ham kerak emas”, – dedi Jubayev.
Tahlilchi intervyu davomida Kun.uz muxbirining O‘zbekiston va Qozog‘istonning ittifoqdoshlik, yaqin iqtisodiy hamkorlik orqali rivojlanishi masalasida qozoq jamiyatining fikri qanday mazmunidagi savoliga ham javob berdi.
“Juda yaxshi. Chunki qardosh respublikalar bilan savdo-sotiq rivojlanishi, chegaralarni ochish Qozog‘iston iqtisodiyotini rivojlantirishga xizmat qilishini odamlar biladi. Masalan, Shavkat Mirziyoyevning harakatlari qozog‘istonlik tadbirkorlarni quvontirdi. Hozir Toshkentda Qozog‘istonning qator banklari va firmalari faoliyat yuritmoqda. Bu esa ikki xalq uchun ham katta imkoniyat. Shuningdek, Qozog‘iston hozir Xitoy–Qirg‘iziston–O‘zbekiston–Afg‘oniston temiryo‘li qurilishiga mablag‘ ajratmoqchi”, – dedi Saparboy Jubayev.
Intervyuni to‘liq holda quyidagi havola orqali tomosha qilishingiz mumkin.
Tavsiya etamiz
Qo‘li kesilgan 2 oylik chaqaloq: uning yaqinlari shifokorlardan norozi
Jamiyat | 14:20 / 21.01.2025
100 dollarlik banknotaning eskisidan voz kechilyaptimi?
Iqtisodiyot | 11:05 / 21.01.2025
APLdagi ilk o‘zbek. Husanovning transferi haqida asosiy gaplar
Sport | 09:16 / 21.01.2025
Tramp 2.0 o‘zgargan Yaqin Sharqqa nimalar va’da qilmoqda?
Jahon | 21:45 / 20.01.2025
So‘nggi yangiliklar
-
YeChL. «Barsa» Lissabondagi «otishma»da superkambek amalga oshirdi, «Atletiko»da ham irodali g‘alaba, «Liverpul»da 100 foizlik natija
Sport | 03:23
-
Tramp AQSh tarixidagi eng keksa prezidentga aylandi - infografika
Jahon | 01:29
-
Slovakiya muxolifati Robert Fitsoga ishonchsizlik votumi beriladigan yig‘ilishdan chiqib ketdi
Jahon | 00:40
-
Qirg‘izistonda ekstremistik materiallarni targ‘ib qilgan O‘zbekiston fuqarosi ushlandi
Jahon | 00:15
Mavzuga oid
11:46 / 09.01.2025
“Qozoqgeyt” ishi – AQSh Qozog‘iston prezidenti va bosh vazirini nimada ayblagan edi?
21:48 / 04.01.2025
To‘qayev davlat gazetasiga intervyu berib, Nazarboyevni ochiq tanqid qildi
19:24 / 03.01.2025
«Siyosiy andishasi bilan ajralib turmagan» - To‘qayev Nazarboyev haqida
16:27 / 03.01.2025