Rossiya Ukraina hududiga zarba berişda davom etyapti, bunda asosiy qurol sifatida nisbatan arzon kamikadze-dronlardan foydalanilyapti. Kiyevdagilar fikriça, ular Eron tomonidan yetkazib berilgan. Harbiy mutaxassislar fikriga köra, Rossiyada yuqori aniqlikdagi zamonaviy raketalar zaxirasi juda çeklangan.

Kiyevga raketa zarbalari oqibatlari. Foto: Getty Images

Rossiya qanday raketalardan foydalanyapti?

Qrim köprigidagi portlaşdan söng, Rossiya Ukrainaning energetika infratuzilmasiga yoppasiga raketa hujumi uyuştirdi. Bunda foydalanilgan qurol turi böyiça savollar yuzaga keldi.

Mudofaa böyiça ekspertlar ta’kidlaşiça, Rossiya quruqlikdagi nişonlarga qarşi «yer-havo» raketalarini qöllagan, ya’ni havo hujumidan mudofaa tizimlari orqali öqqa tutilgan. Bu esa zarbaga mos keluvçi qurollar yetişmasligidan dalolat beradi.

«Sönggi hujumlarning diqqatga sazovor jihati – yerdagi nişonlarga qarşi turli raketalardan foydalanişning köpayişidir. Yerdagi nişonlarga qarşi qanotli raketalarni qöllaş – fikrimizga köra, muammoning ildizi. Ba’zi joylarda zaxiralar agar tugamagan bölsa, tobora kamayib bormoqda», – deydi Xalqaro strategik tadqiqotlar institutining harbiy-koinot masalalari böyiça katta ilmiy xodimi Duglas Barri.

Tahlil: Eron dronlari Ukraina uçun yangi tahdid. Va raketalar taqçilligi alomati

Pavel Aksenov, BBC Rus xizmati muxbiri

Rossiya qanotli raketalarning örnini bosuvçi qurollarni izlayotgani alomatlaridan biri – Eron dronlaridan Ukrainada tez-tez foydalanayotganidir.

Eronliklar droni Kiyev osmonida, 17 oktyabr. Foto: Reuters

Sentyabr oyi örtalaridan boşlab, Ukraina osmonida «Geran-2» dronlari, sönggi paytlarda esa ularning kiçikroq varianti «Geran-1» paydo böldi. Eronda işlab çiqarilgan «Shahed-136» va «Shahed-131» dronlari Rossiyada şunday nomlanadi. Bular arzon va nisbatan oddiy bölişiga qaramay, uzoq masofaga uçib, yerdagi katta va zaif statsionar nişonlarni urişga qodir.