Bojxona yuk deklaratsiyalarini rasmiylashtirish tartibiga o‘zgartirish kiritiladi
Davlat bojxona qo‘mitasining “Dastlabki, davriy va to‘liq bo‘lmagan bojxona yuk deklaratsiyalarini rasmiylashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.
Tadbirkorlik sub’yektlariga yanada qulayliklar yaratish maqsadida, dastlabki bojxona deklaratsiyasi orqali ma’lum qilingan tovarlarni taqdim etish talabini aynan dastlabki bojxona deklaratsiyasi qabul qilingan bojxona organiga emas, balki istalgan bojxona organi (shuningdek, chegara bojxona posti)ga taqdim etish imkoniyati yaratiladi.
Shuningdek, dastlabki bojxona deklaratsiya taqdim etilgan tovarlarni bevosita chegara bojxona postlarida erkin muomalaga chiqarish tartib-tamoyillarini soddalashtirish maqsadida tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritiladi.
Shundan kelib chiqib, muvofiqlik sertifikatini yoki sanitariya-epidemiologiya xulosasini olish talab etiladigan tovarlar ushbu hujjatlar taqdim etilmagan holda tovarlarni shartli chiqarib yuborish mumkinligi belgilanadi.
Ushbu tovarlardan foydalanish, ularni uchinchi shaxslarga berish, ularni sotish yoki o‘zga usulda boshqa shaxsga o‘tkazish orqali berish taqiqlanadi.
Dastlabki deklaratsiyalangan tovarlar tranzit deklaratsiyasini xavfni boshqarish tizimi orqali tegishli yo‘laklarga yo‘naltirish natijasida, tovarlar manzil postga yetib kelganida tovarlarni identifikatsiyalash uchun ular bojxona ko‘rigini amalga oshirish yoki oshirmaslik masalasiga oydinlik kiritish lozimligi aytiladi.
Hujjat bilan tadbirkorlik sub’yektlari dastlabki bojxona deklaratsiya taqdim etilgan tovarlar O‘zbekiston bojxona hududiga kirib kelishda chegara bojxona postlarida to‘liq bojxona yuk deklaratsiyasi taqdim etilmasdan bevosita chegara bojxona postlarida erkin muomalaga chiqarish imkoniyati yaratiladi.
Tavsiya etamiz
"Husanov tezroq ingliz tilini o‘rganishiga umid qilaman. Uning jismoniy ko‘rsatkichlari ajoyib" – Gvardiola Abduqodir Husanov haqida
Sport | 23:12 / 22.01.2025
Katanets ketdi. U O‘zbekistonni JChga yaqinlashtirgandi
Sport | 21:24 / 22.01.2025
“Oxirgi so‘zni Oliy sud aytadi” - tahlilchilar Trampning antimigratsiya choralari haqida
Jahon | 16:10 / 22.01.2025
Bayden oila a’zolari va Kapitoliyga hujum tergovchilarini oldindan afv etdi. Bu nima uchun kerak?
Jahon | 15:46 / 22.01.2025
So‘nggi yangiliklar
-
BMT bosh kotibi 2025 yildagi asosiy tahdidlarni sanadi
Jahon | 21:11 / 22.01.2025
-
Kreml vakili Tramp tahdidiga javob qaytardi
Jahon | 17:45
-
Toshkentda 5 ta mashina ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
Jamiyat | 17:42
-
FT: Kiyev G‘arbdagi ittifoqchilari Ukrainaga 50 ming harbiy yuborishiga umid qilmoqda
Jahon | 17:28
Mavzuga oid
13:26 / 15.01.2025
Bojxona yuk deklaratsiyasini to‘ldirish qoidalari o‘zgarmoqda
23:19 / 11.01.2025
Yangi cheklov O‘zbekistonga avtomobil olib kirishni 4 barobargacha qisqartirishi mumkin. Qanday qilib?
18:59 / 02.01.2025
O‘zbekiston Rossiyaning eng yirik savdo sheriklari qatoriga kirdi
20:06 / 31.12.2024