18:00 / 21.10.2022
6538

Beeline Uzbekistan sport subbrendini joriy qilmoqda

Foto: Beeline Uzbekistan

Beeline Uzbekistan ” (Veon Group tarkibiga kiruvchi) o‘z mijozlarining sportga bo‘lgan ishtiyoqini qo‘llab-quvvatlaydi va subbrend joriy etilgani haqida e’lon qiladi. Kompaniya ko‘magida Humo Arenada hokkey musobaqalari bo‘lib o‘tmoqda, oktabr oyi boshida BeelineTV videoxizmatiga sport kontenti qo‘shildi. Ayni paytda MEGA SPORT aksiyasi davom etmoqda, unda ishtirokchilar Yevropa futbol o‘yinlari va «Formula-1» poygalariga chiptalar, shuningdek, velosipedlar, skuterlar va boshqa sport sovrinlarini yutib olishlari mumkin.

Ushbu strategiyaning davomi yangi Beeline Sport tarifining ishga tushirilishi bo‘ldi, u sport kanallariga obuna bo‘lish, shuningdek, faol hayot tarzini tanlaganlar uchun bonuslarni o‘z ichiga oladi. Aloqa xizmatlari va onlayn-TVdan tashqari, mijozlar fitnes markazlariga tashrif buyurishlari va sport tovarlarini xarid qilishlari, shu bilan birga 20% gacha chegirma olish imkoniyatiga ega bo‘lishlari mumkin.

Yangilikning yana bir muhim joyi – tarifga kiritilgan «Setanta Spors» obunasi va sport hamkorlari uchun «Beeline Club» imtiyozlaridir. Obuna ikkita sport telekanalini o‘z ichiga oladi, ularni Beeline TV'da trafik sarfisiz va obunasiz ko‘rish mumkin. Beeline Sport tarifini faollashtirgan abonentlar Beeline Club hamkorlarining tovar va xizmatlarini xarid qilishda imtiyozlardan foydalanishlari mumkin. «Nika Sport », «Proform», «Magic Galaxy», «Land fitness», «Sportway» sport kiyimlari do‘koni, «BePerfekt», «Ratsion.uz» sog‘lom oziq-ovqat onlayn do‘konlari, ayollar fitnes klublari tarmog‘i shular jumlasidandir. Hamkorga qarab chegirma 5% dan 20% gachani tashkil qiladi. Hamkorlar tarmog‘i doimiy ravishda kengayib bormoqda.

Beeline Sport tarifining narxi oyiga 50 000 so‘m. To‘plamga Beeline TV va odatiy aloqa xizmatlari ham kiradi: cheksiz qo‘ng‘iroqlar, 1000 SMS va 10 GB internet-trafik. Yangi tarifga o‘tish uchun USSD kodi - 2777#

«Sportni qo‘llab-quvvatlash va unga qiziqish Beeline uchun juda tabiiy: bizning mijozlarimizning hayot tarzi qanday bo‘lsa, bizniki ham shunday. Ishonchim komilki, Beeline Sport tarifi mamlakat aholici uchun sportning yangi qirralarini ochadi va hamkorlarning chegirmalari shaxsiy rekordlarni o‘rnatishga ko‘mak beradi. Biz faol sog‘lom hayotni sevuvchilar uchun yangi tashabbuslarni boshlab, ushbu yo‘nalishdagi ishlarni davom ettirishni rejalashtirganmiz», — dedi Beeline Uzbekistan'ning tijorat direktori Maksim Yefremov. 

***

"Unitel" MChJ 2006 yilning 12 sentabridan boshlab Beeline Uzbekistan savdo belgisi ostida xizmatlar ko‘rsatib kelmoqda. Beeline Uzbekistan bosh qarorgohi Amsterdam (Niderlandiya) shahrida joylashgan VEON xalqaro telekommunikatsiya holdingi tarkibiga kiradi.

VEON 7 mamlakatda 200 milliondan ortiq abonentga ega global telekommunikatsiya va internet xizmatlari provayderi. Uning aksiyalari NASDAQ va Euronext Amsterdam fond bozorlarida joylashgan.

Beeline Uzbekistan'da 1.6 mingga yaqin xodim ishlaydi. 2006 yildan buyon O‘zbekiston bozoriga kirishi bilan VEON mamlakat telekommunikatsiya sohasiga 1.4 milliard AQSh dollaridan ortiq sarmoya kiritdi. Beeline SB'ning O‘zbekistondagi faoliyati davomida 1.9 milliard dollardan ortiq soliq to‘langan.

Sayt: beeline.uz 

Facebook: fb.com/beeline.uz 

Instagram: @beeline_uzbekistan

Telegram: t.me/beelineuzbekistan

Twitter: twitter.com/beeline_uz

LinkedIn: linkedin.com/company/beeline-uzbekistan/

Reklama

Top