Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiy davlatlar tashkiloti doirasida muftiylar Kengashi tashkil qilinadi
19-20 oktabr kunlari Ozarboyjonning Boku va Shusha shaharlarida Turkiy davlatlar tashkiloti Muftiylar kengashining III-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, tadbirda Turkiy davlatlar tashkiloti Bosh kotibi Bag‘dod Amriyev, Turkiy davlatlar muftiylari, islomshunos olimlar, ekspert va diniy soha xodimlari qatnashgan. O‘zbekiston nomidan muftiy Nuriddin Xoliqnazarov qatnashgan ushbu xalqaro tadbir doirasida «Turkiy davlatlar tashkiloti musulmon diniy tashkilotlarining rahbarlari kengashini tashkil qilish to‘g‘risida»gi Nizom tasdiqlandi.
Marosimda so‘zga chiqqan O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Nuriddin Xoliqnazarov ushbu Nizom turkiy xalqlar tinchligi va farovonligini mustahkamlash, mushtarak qadriyatlarni keng yoyish, o‘zaro tajriba almashish va turli sohalardagi aloqalarni yanada ravnaq toptirishga xizmat qilishini bildirdi.
Shuningdek, Turkiy dunyoning diniy idoralari o‘rtasidagi aloqalarini mustahkamlash, global muammolarga birgalikda yechim topish va Islom dini sofligini asrash borasidagi imkoniyatlarni birlashtirish bugungi kunda juda ham muhim ekanligi ta’kidlandi.
Muftiy Nuriddin Xoliqnazarov Imom Moturidiy ta’limotini chuqur tadqiq etish va keng yoyishga bag‘ishlangan Turkiy davlatlar ulamolari Forumini 2023 yilda O‘zbekistonning qadim Samarqand shahrida o‘tkazishni taklif qildi.
Mavzuga oid
08:41 / 28.01.2025
O‘zbekiston TDTga a’zo davlatlar bilan birga qo‘shma ilmiy sun’iy yo‘ldosh yaratadi
11:49 / 20.10.2023
Shavkat Mirziyoyev: «Xalqaro maydonda o‘zaro ishonch va bir-birini tushunish inqirozi keskin sezilmoqda»
14:33 / 16.10.2023
Bishkekda Xalqaro turkiy xabarlar kanalini tuzish masalasi muhokama qilindi
17:24 / 16.03.2023