10:43 / 24.10.2022
8682

G7 Zaporijjya AES ustidan to‘liq nazoratni Kiyevga qaytarishni talab qildi

G7 Rossiya tomonidan Zaporijjya atom elektr stansiyasi rahbariyati va xodimlarining bir necha bor o‘g‘irlab ketilishini qoraladi va stansiya ustidan to‘liq nazoratni zudlik bilan Ukrainaga qaytarishga chaqirdi. 

Foto: Reuters

"Ushbu harakatlar ZAESning yadro xavfsizligini yanada buzadi, asosiy xodimlarni o‘z vazifalarini bajarish qobiliyatidan mahrum qiladi. Biz bu ehtiyotsiz, shafqatsiz va xavfli harakatlarni qat’iyan rad etamiz va mahbuslarni zudlik bilan ozod qilishni talab qilamiz", - deyiladi G7 yadroviy tarqatmaslik bo‘yicha direktorlar guruhi bayonotida.

Bundan oldin Zaporijjya AES oxirgi ishlayotgan 750 kilovoltli tashqi elektr uzatish liniyasidan uzilib, zaxira tizimi orqali quvvat olayotgani ma’lum qilingandi. Bu haqda Atom energiyasi bo‘yicha xalqaro agentlik (AEXA) bosh direktori Rafael Grossi bayonotida aytilgan.

Bundan oldin Zaporijjya atom elektr stansiyasidagi AEXA vakillari shikastlangan elektr tarmog‘i bilan aloqa liniyasi tiklangani va obekt Ukraina elektr tarmog‘iga qayta ulanganini tasdiqlagandi. 

Biroq, Rafael Grossi buni qabul qilib bo‘lmaydigan vaziyatda faqat «vaqtinchalik yengillik», deya qo‘shimcha qildi u va Yevropadagi eng yirik atom elektr stansiyasi atrofida xavfsizlik zonasini yaratish zarurligini yana bir bor ta’kidladi.

Avvalroq Putin Zaporijjya AESni Rossiya mulkiga o‘tkazish haqidagi farmonni imzolagandi.

Rossiya prezidenti hukumatga «Zaporijjya atom elektr stansiyasidagi atom energiyasidan foydalanish obektlarining federal mulkka qabul qilinishini ta’minlash»ni topshirdi. 

Mavzu
Rossiya-Ukraina urushi
2022 yil 22 fevral kuni Rossiya Ukraina chegarasidan o‘tib, qo‘shni mamlakatga bostirib kirdi. Ukraina armiyasi jang taklif qildi.
Barchasi
Mavzuga oid
Top