Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qirg‘iziston prezidenti 15 ming dollarlik kurtkada ko‘rinish berdi
Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov Qulonoq GES qurilishiga tamal toshini qo‘yish marosimiga qimmatbaho kurtkada kelgani ma’lum bo‘ldi.
21 oktyabr kuni Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov Qulonoq Gidro-elektrostansiyasi qurilishiga ramziy tamal toshini qo‘ydi. Davlat rahbari tantanali marosimga ko‘k kurtkada keldi.
Jurnalistlarning aniqlashicha, Sadir Japarovning egnidagi kurtka Italiyaning Loro Piano brendiga tegishli bo‘lib, uning yoqasiga nutriya mo‘ynasi tikilgan. Kurtkaning qiymati 15,3 ming dollarga teng (941,8 ming rubl).

Hisob-kitoblarga ko‘ra, Sadir Japarovning bitta kurtkasi qiymati 175 ta tirikchilik minimumiga teng. Qirg‘izistonda 2022 yil III choragidagi tirikchilik minimumi 7 242 qirg‘iz so‘mi miqdorida belgilangan. Loro Piano kurtkasining narxi esa 1 mln 264 ming qirg‘iz so‘miga teng.

Bundan tashqari, Qirg‘izistonda 15 ming dollarga uy sotib olish ham mumkin. Masalan, Cho‘lpon-ota yoki Bosteri qishlog‘idan 1 xonali, ta’mirlanmagan uyni xarid qilsa bo‘ladi.
Qirg‘iziston prezidenti moda tendensiyalarini doimo kuzatib boradi va garderobini muntazam yangilab turadi.
2022 yil fevral oyida u Italiya brendining qimmatbaho kurtkasida Bishkek bozorlarini aylanib chiqdi. 2020 yilda uning 3 ming dollarlik nimchasi ijtimoiy tarmoqlarda muhokama qilindi. Shu yilning avgust oyida u qimmatbaho kardiganda ko‘rinish berdi. Uning qiymati taxminan 5 ming dollar bo‘lgan.
Mavzuga oid
20:00 / 09.06.2026
“Markaziy Osiyoda xorijiy davlatlarning harbiy bazalariga ehtiyoj qolmagan” - siyosatshunoslar
12:20 / 04.06.2026
Qirg‘iziston ilk marta BMT Xavfsizlik Kengashi tarkibiga saylandi. O‘zbekiston qardosh xalqni tabrikladi
18:57 / 31.05.2026
Japarov Atamboyev ma’muriyatining sobiq rahbarini afv etdi
19:57 / 30.05.2026