Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Rossiya metallurgiya hamda energetikada qo‘shma loyihalarni amalga oshirmoqchi
O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiya 23-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishga O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Jamshid Xo‘jayev hamda Rossiya hukumati raisi o‘rinbosari – sanoat va savdo vaziri Denis Manturov hamraislik qildi.
Ikki mamlakat o‘rtasidagi investitsiyaviy hamkorlik va sanoat kooperatsiyasi hududlar va tarmoqlar kesimidagi joriy holati ko‘rib chiqildi. Neft-kimyo, tog‘-kon, metallurgiya, energetika, sog‘liqni saqlash va farmatsevtika, qurilish materiallari ishlab chiqarish, yengil sanoat, meva-sabzavot mahsulotlarini qayta ishlash kabi sohalarda yangi loyiha tashabbuslarini ishlab chiqish va amaldagi qo‘shma loyihalarni jadallashtirishga o‘zaro qiziqish bildirildi.
Kun tartibidagi yana bir muhim yo‘nalish hududlararo hamkorlikni rivojlantirish bo‘ldi. Oldindan tasdiqlangan rejalar asosida ikki davlatning qator hududlaridan delegatsiyalar o‘zaro tashriflari tashkil qilingani ma’lum qilindi. Ushbu boradagi ishlarni davom ettirish maqsadida, muntazam onlayn muzokaralar tashkil etish orqali yangi investitsiya loyihalari va savdo bitimlari bo‘yicha takliflar ishlab chiqishga kelishildi.
Uchrashuv yakunlari bo‘yicha yakuniy protokol va tadbir davomida erishilgan asosiy kelishuvlarni aks ettiruvchi ikki tomonlama hujjatlar to‘plami imzolandi.
Mavzuga oid
17:57 / 15.06.2026
Prezident muhim minerallar xomashyo bazasini rivojlantirish bo‘yicha topshiriqlar berdi
15:13 / 15.01.2026
Hududlar reytingi: metallurgiya ishlab chiqarishida Navoiy va Toshkent viloyati oldinda
11:00 / 22.12.2025
Hududlar kesimida metallurgiya: eng katta hajm Navoiy viloyatida
19:29 / 22.09.2025