Milliy statistika qömitasi ma’lumotlariga köra, 2025 yilning 10 oyida mamlakatda metallurgiya sanoatida 184,4 trln sömlik mahsulot işlab çiqarilgan. Bu körsatkiç 2024 yilning mos davriga nisbatan 1,9 foizga ösgan.

Hududlar kesimida eng yuqori natija Navoiy viloyatida kuzatilib, uşbu hududda 105,5 trln sömlik metallurgiya mahsulotlari işlab çiqarilgan.

Hududlar kesimida işlab çiqariş hajmi quyidagiça:

  • Qoraqalpoğiston Resp. — 202,8 mlrd söm;
  • Andijon viloyati — 107,5 mlrd söm;
  • Buxoro viloyati — 167,8 mlrd söm;
  • Jizzax viloyati — 275,4 mlrd söm;
  • Qaşqadaryo viloyati — 34,3 mlrd söm;
  • Navoiy viloyati — 105,5 trln söm;
  • Namangan viloyati — 960,5 mlrd söm;
  • Samarqand viloyati — 5,4 trln söm;
  • Surxondaryo viloyati — 250,9 mlrd söm;
  • Sirdaryo viloyati — 854,5 mlrd söm;
  • Toşkent viloyati — 51,1 trln söm;
  • Farğona viloyati — 320,5 mlrd söm;
  • Xorazm viloyati — 58 mlrd söm;
  • Toşkent şahri — 19,1 trln söm.