2023 yildan boshlab “Tashabbusli budjet”ga ajratiladigan pul miqdori keskin oshiriladi
Keyingi yildan boshlab jamoatchilik fikri asosida shakllangan tadbirlarni moliyalashtirishga 8 trln so‘m mablag‘ yo‘naltiriladi.

Foto: Kun.uz
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Budjet jarayonida fuqarolarning faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra, 2023 yilidan boshlab:
“Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari doirasida moliyalashtiriladigan tadbirlar jamoatchilik fikri asosida “Ochiq budjet” axborot portali orqali ovoz berish yo‘li bilan aniqlanadi. Bunda, aholi tomonidan amalga oshirilishi taklif etilayotgan tadbirlar har bir mahalla bo‘yicha bitta loyihalar paketi shaklida ovozga qo‘yiladi.
Ma’lumot uchun, loyihalar paketi uchun ajratiladigan mablag‘lar cheklangan miqdorini 8 milliard so‘m etib belgilash, dasturlarni moliyalashtirish uchun har yili davlat budjetidan kamida 4 trillion so‘m yo‘naltirish nazarda tutilmoqda.
“Tashabbusli budjet” jarayonini moliyalashtirish ko‘lami ortadi
Kelgusi yildan boshlab har bir tuman va shaharda 6 mlrd so‘mdan kam bo‘lmagan mablag‘lar ajratilishi hisobiga “Tashabbusli budjet” jarayonlari uchun 2 trln so‘mdan ortiq mablag‘lar yo‘naltirilishi kutilmoqda.
Buning natijasida, 53 ta tuman va shaharlarda (tasdiqlanadigan budjetlari miqdori kam bo‘lishiga qaramay) 6 mlrd so‘m mablag‘ yo‘naltiriladi. Misol uchun, G‘azg‘on shahrida 2022 yilda 900 mln so‘m mablag‘ ajratilgan bo‘lsa, 2023 yildan boshlab mazkur hududga 6 mlrd so‘m mablag‘ yo‘naltiriladi.
Shuningdek, kelgusi yildan boshlab, Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar budjeti qo‘shimcha mablag‘larining 30 foizi ham fuqarolar fikri asosida shakllantirilgan loyihalarni moliyalashtirishga sarflanadi.
Eslatib o‘tamiz, amalda faqat tuman va shahar budjetlari qo‘shimcha mablag‘larining kamida 30 foizi “Tashabbusli budjet” jarayonlari uchun yo‘naltirilishi belgilangan.
Shuningdek, kelgusi yildan boshlab “Mening yo‘lim” loyihasi uchun ajratiladigan mablag‘lar miqdori ham ikki baravardan ortiqqa oshirildi.
Ushbu o‘zgarishlarni inobatga olgan holda, 2023 yilda jamoatchilik fikri asosida shakllangan tadbirlarni moliyalashtirishga 8 trln so‘m mablag‘ yo‘naltirilishi kutilmoqda.
Avvalroq, “Tashabbusli budjet”ning bu yilgi 2-mavsumida g‘olib deb topilgan 1418 ta loyihaga qo‘shimcha ravishda, har biri 2 mingdan ortiq ovoz to‘plagan, lekin g‘olib deb topilmagan 364 ta loyiha uchun respublika budjetidan 335 mlrd so‘m ajratilishi xabar qilingandi.
Tavsiya etamiz
Bozor – go‘sht narxi haqida: “Yem-xashak qimmat, mol boqish oson bo‘lmay qoldi”
O‘zbekiston | 17:00 / 27.05.2025
Poytaxt bosh rejasi interaktiv xaritada: unda nimalar aks etgan?
O‘zbekiston | 14:30 / 27.05.2025
“Viza berishni osonlashtirish haqida gap-so‘z yo‘q” – AQSh elchixonasi
O‘zbekiston | 19:28 / 26.05.2025
Makron Vetnamga tashrifi chog‘ida rafiqasidan shappati yedi
Jahon | 16:40 / 26.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekiston va Xitoy nasos-akkumulyatorli gidroelektr stansiyalarini qurishi mumkin
O‘zbekiston | 11:02
-
AQSh muzokaralarga xalaqit bermaslik uchun Rossiyaga qarshi sanksiyalar kiritmayapti
Jahon | 10:30
-
«Jasorat maktablari»ga o‘quvchilarni qabul qilish tartibi tasdiqlandi
O‘zbekiston | 10:10
-
«Vakolat muddatim tugamoqda». Mask davlat ishidan ketishini e’lon qildi
Jahon | 09:50
Mavzuga oid

20:37 / 08.04.2025
«Tashabbusli budjet»ning 2-mavsumida ba’zi mahallalarga tanaffus beriladi

08:52 / 04.04.2025
“Tashabbusli budjet”da 33 ta loyiha qo‘shimcha g‘olib deb topildi

19:04 / 25.03.2025
“Tashabbusli budjet”dan ham umidini uzayotgan mahalla: Shahrixondagi maktab qachon ta’mirlanadi?

16:22 / 25.03.2025