Chevrolet Onix noyabr oyidan sotuvga chiqishi mumkin
Chevrolet Onix avtomobilining eng arzon pozitsiyasi 150 million so‘m atrofida bo‘lishi kutilmoqda.

Foto: Kun.uz
O‘zbekistonda Chevrolet Onix avtomobilining 1 noyabrdan sotuvga chiqishi haqida ma’lumotlar paydo bo‘ldi. Bu haqda Kurbanoff.net Telegram-kanali muallifi yozmoqda.
“Tasdiqlanmagan ma’lumotlarga ko‘ra, 90 ot kuchiga ega, 1,2 litrli dvigatel va mexanik uzatmalar qutisi hamda po‘lat g‘ildiraklar bilan jihozlangan Chevrolet Onix'ning eng oddiy pozitsiyasi narxi 150 million so‘m atrofida bo‘ladi.
Shuningdek, asosiy komplektatsiyaga galogenli faralar, kunduzgi LED chiroqlari va orqa chiroqlar, 2 ta xavfsizlik yostiqchasi, ESC barqarorlik tizimi, blokirovkaga qarshi ABS tormoz tizimi, radiomagnitola va konditsioner kiradi”, deb yozadi kanal muallifi.
Chevrolet Onix quyidagi pozitsiyalarda sotuvga chiqishi kutilmoqda:
-
Onix 1.2 MT LS;
-
Onix 1.2 MT 1LT;
-
Onix 1.2T MT 3LT;
-
Onix 1.2T AT 4LT;
-
Onix 1.2T AT Premier;
-
Onix 1.2T AT Premier II.
“O‘zavtosanoat” AJ matbuot xizmati Chevrolet Onix uchun 1 noyabrdan shartnoma berish boshlanishi haqidagi xabarlarni Kun.uz'ga tasdiqlamadi, shu bilan birga inkor ham etmadi.
Avvalroq, oktabr oyidan boshlab Chevrolet Onix avtomobillari uchun shartnomalar berish boshlanishi xabar qilinib, shartnoma tuzganlar 2023 yilning dastlabki oylarida o‘z avtomobillariga ega bo‘lishlari mumkinligi aytilgandi.
O‘tgan yili UzAuto Motors Chevrolet Onix 9 mingdan 12 ming dollargacha bahoda sotuvga chiqarilishini ma’lum qilgandi.
Tavsiya etamiz
“Gentra – qorong‘ilik timsoli” – Mirshakar Fayzulloyev
O‘zbekiston | 19:25 / 20.04.2025
AQShda bir oy ichida minglab talabalarning vizalari bekor qilindi
Jahon | 23:47 / 18.04.2025
Toshkent viloyatidagi ba’zi yo‘llarda ruxsat etilgan tezlik 80 km/soatgacha cheklandi
O‘zbekiston | 23:28 / 18.04.2025
Orol dengizining qurigan tubi yildan yilga ko‘tarilib borayotgani aniqlandi
O‘zbekiston | 19:14 / 18.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«BAAda o‘limga hukm qilingan o‘zbekistonliklar jazosini yengillatish borasida harakatlar olib borilyapti» – TIV
Jamiyat | 15:50
-
Qulupnaychilar qishlog‘i: O‘qchidan reportaj
Jamiyat | 15:15
-
Maskning AQSh hukumatidagi ta’siri tobora kamayib bormoqda
Jahon | 14:42
-
“Hokimning xizmat mashinasi 47 ta qoidabuzarlik sodir etgan” – YHXB Namangan shahar hokimiga javob qaytardi
O‘zbekiston | 14:29
Mavzuga oid

11:49 / 01.03.2025
GM Onix modelidagi kamchilik uchun katta miqdorda kompensatsiya to‘lashi mumkin

14:22 / 16.01.2025
2024 yilda UzAuto Motorsʼning O‘zbekiston bozoridagi ulushi 88 foizga yetdi

16:31 / 10.01.2025
UzAuto Motors kompaniyasiga vaqtinchalik rahbar tayinlandi

21:14 / 09.01.2025