Özbekistonda 2022 yilning kuzida Chevrolet Onix avtomobillarini işlab çiqariş boşlanişi kutilmoqda. Bu haqda UzAuto Motors kompaniyasi direktori vazifasini bajaruvçi Rustam Rajabovga asoslanib, Kun.uz muxbiri xabar berdi.
Rajabovning jurnalistlarga aytişiça, Onix narxi 9-12 ming dollar oraliğida böladi. Avval Matiz işlab çiqarilgan liniya Onix'ga moslab qayta quriladi va yangi modelni işlab çiqariş 2022 yilning 4-çoragi yakunida lokalizatsiya qilinadi.

Eslatib ötamiz, fevral oyida Özbekistonga sinov uçun Chevrolet Onix'ning bir neça namunasi olib kelingani haqida xabar berilgandi. «Uşbu namunalar mahalliy iqlim şaroitlarida sinaş va salohiyatli xaridorlarning fikrini örganiş maqsadida xarid qilingan», deyilgandi kompaniya bayonotida.







