Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayyen Ozarboyjonni işonçli va muhim hamkor deb atadi. Ozar muxolifati esa Yevropa Ittifoqining bu harakatini xoinlik deb baholadi. Ularning fikriça, Ozarboyjon baribir Yevropaning gazga bölgan ehtiyojini qondira olmaydi, YeI vakillarining Bokuga taşrifi esa Ilhom Aliyev hukumatining kuçayişiga xizmat qiladi, xolos.

Putin örniga Aliyev

Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayyen yozda Rossiya gaz bilan şantaj qilayotgani fonida Ozarboyjonga borib, Ilhom Aliyev bilan YeIga gaz yetkazib beriş masalasida uçraşgandi. Tomonlar Ozarboyjondan Yevropa Ittifoqigav gaz yetkazib beriş hajmini yaqin beş yil içida ikki baravarga oşirişga kelişib olganidan keyin YeI rahbari Ursula xonim Aliyevning qölini siqib, yoyilib kulgan holda suratga tuşdi. YeI rahbarining hisob-kitoblariga köra, bu Rossiya tomonidan gaz yetkazib beriş hajmi qisqartirilişining örnini bosişi kerak edi.

Bokuga borişidan biroz avval Ursula fon der Lyayyen Tvitterdagi sahifasida Yevropa Ittifoqi endilikda energiya yetkazib berişda işonçliroq tomonga murojaat qilişi haqida yozib, Ozarboyjonni muhim hamkor deb atagandi. Ammo hamma ham Ursula xonimning bayonotini qöllab-quvvatlamadi. Tanqidçilar Yevropa Ittifoqi bir avtoritar davlatdan qoçib, boşqa bir avtoritar davlatga tutilayotganini aytişdi.

Ozarboyjondagi huquq faollari Yevropa Ittifoqining bu harakatidan keyin ittifoqning inson huquqlari bilan heç qanday işi yöq degan qarorga kelişdi. 50 nafar fransiyalik siyosatçi esa borada bayonot ham tayyorlaşdi. Unda Yevropa Ittifoqi Ozarboyjonni tanlaş orqali özini kuçsizlantirişi, Ilhom Aliyev diktaturasini esa kuçaytirişi aytilgan.

Inson huquqlari afzalmi yoki gaz?

«Bu kelişuv inson huquqlari borasidagi bosimlar, faollarga qarşi repressiyani öz soyasida qoldirmasligi kerak. Aks holda Yevropa Ittifoqi energiya ehtiyojini öz gazi va nefti uçun pul tölab hukumatini kuçaytirgan bir avtoritar davlatdan qoçib, xuddi şunday boşqa bir davlat orqali qondirişga majbur böladi», deydi ozarboyjonlik muxolifatçi Baxtiyor Gajiyev.

Ozarboyjonda kamsonli miting iştirokçilari ham olib ketiladi. Foto: Getty Images

Muxolifatçining fikriça, YeI vakillari Ozarboyjonga taşrifi çoğida jamoatçilik fikrini ham örganişi kerak edi. Ursula fon der Lyayyen Bokuga taşrifi çoğida faqat mamlakat rahbariyati bilan uçraşuv ötkazganini huquq faollari Yevropa Ittifoqi öz qadriyatlarini gazga almaşdi deb izohlaşmoqda.