Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Eron yangi yadro reaktori qurilishini boshladi
Eronning Isfaxon shahrida quvvati 10 megavatt bo‘lgan yangi tadqiqot yadro reaktori qurilishi boshlandi.
Eron Atom energiyasi tashkiloti (EAET) rahbari Muhammad Islomiy yangi reaktor qurilishi loyihasining ochilish marosimida ishtirok etgan.
Yangi reaktor hovuz tipida bo‘lib, u 20 foizga boyitilgan plastinka yoqilg‘isida ishlaydi va tibbiyot bilan sanoatda qo‘llanadigan radioizotoplarni ishlab chiqarish, shuningdek, neytron nurlanishi sohasidagi tadqiqotlarni rivojlantirish va yadro yoqilg‘isi uchun materiallarni sinash uchun mo‘ljallangan.
Reaktorni loyihalash va qurish faqat Eron mutaxassislari tomonidan amalga oshirilmoqda.