O‘zbekiston | 10:42 / 28.10.2022
1589
1 daqiqa o‘qiladi

Turkiya bilan chegara orqali tovar va transport o‘tishi axboroti bo‘yicha hamkorlik qilinadi

“Xalqaro shartnomani tasdiqlash to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, O‘zbekiston hamda Turkiya hukumati o‘rtasida davlat chegaralari orqali tovarlar va transport vositalari o‘tishi haqida oldindan axborot almashish to‘g‘risidagi bayonnoma tasdiqlandi. 

Mazkur bayonnoma 2022 yil 29 mart kuni Toshkent shahrida imzolangan.

Davlat bojxona qo‘mitasi ushbu xalqaro shartnomani amalga oshirish uchun mas’ul bo‘lgan vakolatli organ etib belgilandi.

Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralar rahbarlari ushbu xalqaro shartnoma kuchga kirganidan keyin O‘zbekiston majburiyatlari bajarilishini ta’minlaydi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid