Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yevropa Ittifoqi: Rossiyaliklar Yevropada deyarli 31 mingta kompaniyaga ega
Yevrokomissiya ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiya fuqarolarining Yevropa mamlakatlaridagi tadbirkorlik faoliyatining asosiy yo‘nalishlari ko‘chmas mulk, qurilish, mehmonxona biznesi, shuningdek, energetika va moliya hisoblanadi.
Sanksiyalarga qaramay, Rossiya fuqarolari Yevropa Ittifoqi mamlakatlarida tadbirkorlik bilan faol shug‘ullanishda davom etmoqda. 28 oktyabr, juma kuni Yevropa Komissiyasining jinoiy daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirish xatarlari haqidagi hisobotida e’lon qilingan tadqiqotga ko‘ra, rossiyaliklar Yevropada 31 mingga yaqin kompaniyaga ega.
Hujjatdan kelib chiqqan holda aytilishicha, ularning Yevropa Ittifoqidagi tadbirkorlik faoliyati asosiy yo‘nalishlari qurilish, ko‘chmas mulk, mehmonxona biznesi, shuningdek, energetika va moliya sohasidagi biznesdir.
Yevropa Komissiyasining hisoboti Yevropa Ittifoqi Kengashi va Yevropa Parlamentiga yuboriladi. Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushiga bag‘ishlangan bobda sanksiyalar ro‘yxatiga kiritilgan shaxslarning aktivlarini muzlatish bo‘yicha Yevropa Ittifoqi choralarini to‘g‘ri amalga oshirish iqtisodiy mulkning shaffofligi bo‘yicha ko‘rsatmalar samarali bajarilishini talab qilishi ta’kidlanadi. Bundan tashqari, YeK ma’lumotlar almashinuvini yaxshilashni, shuningdek, soliq organlariga moliyaviy aktivlarni «mutanosib» aniqlash va monitoringini yuritishni tavsiya qiladi.
Hujjatda ta’kidlanishicha, firmalarni yaratish va ro‘yxatdan o‘tkazish hali ham nisbatan sodda protsedura bo‘lib qolmoqda, bunday firmalar «shaffof bo‘lmagan operatsiyalar orqali yuzlab million yevrolarni o‘tkazish» uchun ishlatilishi mumkin. Ularning yordami bilan jinoyatchilar nafaqat pulning kelib chiqishi va ularni o‘tkazish joyini, balki haqiqiy benefitsiarlarning ismlarini ham yashirishlari mumkin. Shu bois, yashirin moliya ham shaxsiy boylik uchun, ham butun mamlakatlarni beqarorlashtirish uchun ishlatilishi mumkin, deyiladi Yevropa Komissiyasi hisobotida.
Ushbu hujjatga ko‘ra, Yevropa Ittifoqidagi taxminan 31 ming kompaniya Rossiya fuqarolariga tegishli bo‘lsa, kamida 1400 tasi Yevropa Ittifoqi yaqinda sanksiyalar kiritgan shaxslarga tegishli. Xususan, gap 33 kishi haqida ketmoqda.
Shu bilan birga, ayrim rossiyalik oligarxlar o‘z mol-mulkini yashirish maqsadida uni yoki nazorat qilish huquqini uchinchi mamlakatlarda ro‘yxatdan o‘tgan firibgar kompaniyalarga yoki mahalliy nominal sheriklarga topshirishi mumkinligi ta’kidlangan.
Mavzuga oid
10:40
YeI va Kreml o‘rtasida norasmiy aloqalar bo‘lgani xabar qilindi
09:45
Yevropa Ittifoqi noqonuniy migrantlarga qarshi choralarni kuchaytirmoqda
11:05 / 16.06.2026
Kallas: g‘arb sanksiyalari Rossiyaga 1,3 trln yevroga tushdi
23:16 / 12.06.2026