Xitoy möjizasi turkumidan: Takla-Makon çölidagi yöl va uning çetidagi yaşil hudud qanday barpo etilgandi?
|21:39 / 29.10.202237 19512 min
Sönggi bir neça ön yilda Xitoy keskin iqtisodiy taraqqiyotga erişdi. Mamlakatda amalga oşirilayotgan ulkan qurilişlar dunyoni lol qoldirmoqda. Şu jumladan, Şinjon-Uyğur avtonom rayoni hududida joylaşgan Takla-Makon çölida qurilgan yöl ham bugun barçani hayratlantirmoqda. Uzunligi 500 kilometrdan oşiqroq bölgan bu yöl qurilgandan söng Xitoy uning ikki tomonini yaşil hududga aylantirgan. Ana şu jihatdan mazkur yöl dunyoda tengi yöq hisoblanadi.
Xitoy yarim asr avval qattiq qoplamali yöllar masalasida dunyodagi eng qoloq davlatlardan biri edi. Öşa paytlarda Xitoy hukumati yöllarga yetarli darajada e’tibor bermas, mamlakatdagi yöllarning bor-yöği 25 foizi asfalt qoplamali bölib, ularning 60 foizi öta yomon ahvolda edi.
Vaziyat Mao Tszedun vafotidan keyin özgardi. «Buyuk yölboşçi» örniga kelgan yangi rahbarlar sifatli yöllar qurmasdan mamlakatni rivojlantirib bölmasligini anglab yetişadi. Çin ölkasida «Rivojlanişni xohlasak, avvalo sifatli yöllar qurişimiz kerak», degan şior ilgari surilib, yöl quriş standarti işlab çiqiladi. Yöl qurilişi uçun juda katta pullar ajratila boşlandi.
1985 yil yöl qurilişi uçun alohida qonun ham qabul qilinadi. Unga köra, yöl qurilişi uçun olingan xorijiy kreditlarni qoplaş maqsadida yuqori tezlikda harakatlaniş imkonini beradigan yöllarning bir qismi pulli bölişi belgilanadi.
Hukumat 1988-2020 yillarda avtomobillarga katta tezlikda harakatlaniş imkonini beradigan yöllar, avtomagistrallar qurilişi rejasini tasdiqlaydi. Bunday yöllarning birinçisi 1988 yilda oçilgan 18,5 kilometrli Şanxay-Dzyatsin trassasi edi.
Şu tariqa, avtomobil yöllari qurilişida «Xitoy möjizasi» boşlanadi. Ötgan asrning oxirgi dekadasida Xitoy yöl qurilişi uçun şunçalik köp mablağ sarflaydiki, bu butun boşli Yevropa va AQŞ XX asrning sönggi 50 yilida yöl uçun sarflagan pulidan ham köproq edi.
Bir paytlar Xitoyda yöllarni kam haq tölanadigan millionlab işçilar oddiy belkurak, zambilğaltak va qölda boşqariladigan asfalt bosadigan moslamalar bilan qurgan. Yangi davrda yölsozlar qölbola asboblar örniga mamlakatning özida işlab çiqarilgan zamonaviy texnikalarga ega böladi.
Tez harakatlanişga moslaşgan ilk yöl 1988 yil qurilgan bölsa, XXI asr boşida bunday yöllarning umumiy uzunligi 10 ming kilometrdan oşib ketadi. Bu körsatkiç 2002 yilda 20 ming kilometr, 2008 yilda 60 ming kilometrdan oşdi. Birgina 2008 yilning özida Xitoy yölsozlari 8 ming kilometr uzunlikdagi katta tezlikda harakatlaniş imkonini beradigan magistral yöl qurişadi.
Mavzuga oid
Sönggi öttiz yilda Xitoyda mamlakatning turli hududlarini özaro boğlaş uçun ötiş qiyin bölgan baland toğlar yoki çöllar orqali ötadigan yöllar ham qurildi. Takla-Makon çölini kesib ötgan «Tarim şossesi» deb nomlanuvçi yöl ham ana şunday yöllardan biri hisoblanadi.
Foto: alamy.com
Takla-Makon çöli haqida
Takla-Makon çöli Xitoyning şimoliy-ğarbida Şinjon-Uyğur avtonom rayoni hududida, Tarim tekisligi hududida joylaşgan. Uning hududi qariyb 400 ming kilometr kvadratni taşkil etadi (Taqqoslaş uçun Germaniya hududi 357 408 kilometr kvadrat).
Azaldan bu çöl «quş uçsa qanoti, odam yursa oyoği kuyadi» deb ta’riflangan. Takla-Makon yozda juda issiq, qişda juda sovuq bölişdan taşqari, u yerda yil davomida qum böronlari sodir bölib turadi.
Takla-Makon çölining sun’iy yöldoşdan olingan surati. / Foto: guokr.com
Fan va texnika rivojlanişidan avval ğarbdan şarqqa, şarqdan ğarbga qarab harakatlangan karvonlar ana şu qum böronlari tufayli bu çöldan juda qiyinçilik bilan ötişgan.
Takla-Makon çöli hududi şimoldan janubga 400 kilometr, ğarbdan şarqqa qariyb 1,5 ming kilometrga çözilib ketgan.
Çölning nomi «Taşlandiq joy» ma’nosini anglatadi. Uyğurlar uni «Taklimakan qumligi» deb ataşadi. Takla-Makon çöli Yer yuzidagi eng qurğoq joylardan biri hisoblanadi.
Bu yerda çöl yuzasini asosan uçib yuruvçi qumlar qoplagan. Şu sababli uning katta qismida heç narsa ösmaydi. Şuningdek, hayvonot dunyosi ham juda siyrak.
Takla-Makonda havo harorati yozda 40 gradusdan balandroq böladi. Eng issiq kunlarda çöl yuzasidagi qum 90-100 gradusgaça qizib ketişi mumkin.
Takla-Makon çölining yuzasi asosan köçib yuruvçi qumlardan iborat / Foto: alamy.com
Tarim yöli (Tarim şossesi)
1984 yilda xitoylik geologlar Takla-Makon çölida neft va gaz zaxiralari borligini aniqlaşadi. Ammo çöl hududida, oğir şaroitda konlarni işga tuşiriş, neft va gazni qazib olib, uni qayta işlaş korxonalariga yetkazib beriş oson bölmaydi.
Şundan söng 1980-yillar oxirida Takla-Makon orqali yöl quriş rejalaştiriladi. Öşa paytda bu iş uçun katta miqdorda mablağ kerak bölardi. Ammo Xitoy baribir bu yöl qurilişi uçun mablağ ajratdi.
1990-yillar boşida Xitoy hukumati ança qoloq bölgan mamlakat ğarbini iqtisodiy rivojlantiriş uçun Takla-Makon çöli orqali şimoldan janubga avtomobil yöli quriş loyihasini tasdiqlaydi.
Yöl Şinjon-Uyğur avtonom rayoni tarkibida bölgan Boyon-Ğul-Muğul avtonom okrugida joylaşgan Bugur şahrini avtonom rayon janubidagi Niya şahri bilan boğlaşi kerak edi.
Foto: guokr.com
Loyihaga köra yölning uzunligi 552 kilometr bölişi va şundan 446 kilometri Takla-Makon çöli orqali ötişi rejalaştirilgandi.
Loyihalar tayyor bölgaç Xitoy hukumati yöl qurilişi uçun mablağ ajratadi. 1993 yilda işlar boşlab yuboriladi. Öşanda Takla-Makonda quriladigan yölning har kilometriga 14 million dollar sarflangan.
Takla-Makonda yoz juda issiq, qiş esa ança sovuq böladi. Buning ustiga bu yerda yil davomida kuçli şamollar esib, tez-tez qum böronlari kötariladi.
Yölsozlar ikki yil davomida ana şunday oğir şaroitlarda işlaşadi va 1995 yilda yöl qurilişi qisman bitkaziladi.
Foto: alamy.com
Yöl foydalanişga topşirilgaç loyiha uçun sarflangan juda katta mablağ havoga uçib ketişi mumkinligi ayon böladi. Gap şundaki, Takla-Makon çölida tez-tez sodir böladigan qum böronlari tufayli Tarim şossesi batamom qum ostida qolib ketişi xavfi yuzaga keladi.
Yölsozlar yöllarni qumdan tozalaşga ulgurmay qolişadi. Yölning turli uçastkalarini qum bosa boşlaydi. Bu esa yöldan neft va gaz xomaşyosini taşiyotgan yuk maşinalari uçun xavf tuğdirardi.
Şunda Xitoy yölsozlari yölni qum böronlaridan himoya qiliş maqsadida uning ikki tomoniga daraxt ekib, tabiiy tösiq qiliş kerak degan qarorga keladi. Ammo bu oson emasdi.
Faqat qumdan iborat çölda qurğoqçilikka ança çidamli bölgan saksovul yaxşi ösişi mumkin edi. Xitoylik mutaxassislar avvaliga şossening olti kilometrida yöl çetiga saksovul ekib parvariş qilib körişadi. Köçatlar yaxşi unib ketgaç juda katta masştabli işlar boşlab yuboriladi.
Foto: jobspapa.com
2003 yilda Xitoy hukumati Tarim şossesining ikki çetini yaşil hududga aylantiriş böyiça loyihalarni tasdiqlaydi va unga mablağ ajratadi. Şundan söng qisqa muddatda yölning barça qismiga bir neça qatordan saksovul va boşqa kamsuvlikka çidovçi daraxt köçatlari ekiladi.
Ekilayotgan daraxtlarning yaxşi unib ketişi uçun suv kerak edi. Xitoyliklar yer ostidan suv oliş uçun artezian quduqlar qazişadi. Söng qator qilib saksovul köçatlari ekiladi va ularni tomçilab suğorib turiş uçun quvurlar tortiladi. Şu tariqa yölning ikki çetida saksovul daraxtlaridan iborat tabiiy himoya tösiği paydo böladi.
Avvaliga 2-3 qator saksovul östirib olingaç, keyinçalik bu iş davom ettiriladi va qatorlar soni köpaytirib borilaveradi. Ayni damda yölning har ikki tomonida 70 metrdan joy yaşil hududga aylantirilgan. Bu yerda 2005 yilga keliboq 20 million tup daraxt köçatlari ekilgandi va bu iş hanuzgaça davom ettirilyapti.
Xitoy hukumati kelajakda Tarim şossesining ikki tomonida yaşil hududni kengaytirib boraverişni rejalaştirgan.
Yölning ikki tomoni daraxtzor qilingaç bu yerda turli xizmat körsatiş manzillari va yoqilği quyiş şoxobçalari qurila boşlanadi. Hozirgi kunda yölning har 4 kilometrida ana şunday xizmat körsatiş manzillari tiklangan.
Foto: AP
Kelajakda Tarim şossesi böylab yuzga yaqin quyoş elektrostansiyalari quriş va hududdagi xizmat körsatiş manzillari hamda artezian quduqlarini elektr energiyasi bilan ta’minlovçi nimstansiyalarni dizel yoqilğisidan muqobil energiyaga ötkaziş reja qilingan.
Hozirgi kunda Tarim şossesi uçta yöldan iborat. Ulardan ikkitasi asosiy va bittasi qöşimça yöl.
Bugungi kunda Takla-Makon çölining sputnikdan olingan suratlariga diqqat bilan qaralsa, unda Tarim şossesining ikki çetida östirilgan daraxtlar ham körinadi.
Yölning ahamiyati
Tarim şossesi mintaqaning iqtisodiy rivojlanişi uçun juda muhim. Avvallari Xitoyning şimoliy-ğarbiy qismidan janubiy-ğarbiy qismiga avtomobil yöli orqali keliş uçun kamida 1,5 ming kilometr yöl bosilardi. Endi bu uçun Tarim şossesi orqali 550-600 kilometr yöl yurilsa kifoya.
Qolaversa, xitoylik geologlar 1980-yillar örtalarida Tarim tekisligining Takla-Makon çöli joylaşgan hududidan juda katta neft va gaz zaxiralarini topişgan. Ma’lumotlarga köra, Xitoyda aniqlangan neft va gaz zaxiralarining 30 foizi Takla-Makon hududida joylaşgan.
Öşa paytlarda hududdan qazib olingan neft va gaz qiyin şaroitda minglab kilometr yöl bosilib, qayta işlovçi korxonalarga yetkazilgan. Endi esa uglevodorodlar maxsus yuk avtomobillari yordamida aynan Tarim şossesi orqali qisqaroq yöl bilan qayta işlaş korxonalariga yuborilmoqda.
Neft va gazni qayta işlaş zavodlari ular qazib olinayotgan konlar yaqiniga qurilsa ham Tarim şossesining ahamiyati pasaymaydi, aksinça oşadi.
Bundan taşqari, Tarim şossesida turli xizmat körsatiş markazlarining oçilişi ortidan bu yerda sayyohlik va xizmat körsatiş körsatkiçlari keskin oşdi.
Keyingi yillarda Xitoyning turli hududlaridan köplab sayyohlar öz maşinalarida Takla-Makon çölini köriş uçun kelişmoqda. Bu ham Tarim şossesining ahamiyatini oşirmoqda.
Ma’lumot örnida, Xitoy 2018 yilda Takla-Makon çölini kesib ötadigan temiryöl qurilişini boşladi. U Şinjon-Uyğur avtonom rayoni tarkibiga kiruvçi Boyon-Ğul-Muğul avtonom okrugidagi Çarklik şahridan Şinjon-Uyğur avtonom rayonidagi Xötan şahriga qarab tortilmoqda.
Xötan-Çarklik temiryöli deb nomlanuvçi mazkur temiryöl liniyasining umumiy uzunligi 825 kilometrni taşkil etadi. Şundan 534 kilometri Takla-Makon çöli orqali ötmoqda.
Xuddi Tarim yölida bölgani kabi, Xötan-Çarklik temiryölining ikki tomoniga temiryölni qum bosib qolişidan asraş uçun daraxt ekilmoqda. Ma’lumotlarga köra bu yerda 50 million metr kvadrat maydonga 13 million tup qurğoqçilikka çidamli daraxt köçatlari ötqazilgan. Temiryöl böylab yaşil hudud taşkil qiliş işlari davom ettirilmoqda.