“Miyamizning atigi 10 foizidan foydalanamiz” – sayyoraning 76 yoşli eng aqlli odami haqida
|19:23 / 30.10.202237 5058 min
IQ testlarida ham ösmirlar, ham katta yoşlilar orasida eng yuqori natijani körsatgan Merilin vos Savant Amerika jurnallari kolumnisti. Turmuş örtoği Robert Jarvik esa birinçi sun’iy yurak modelini yaratgan şaxs. Juftlikka “Nyu-Yorkning eng aqlli juftligi” nomi ham berilgan.
Foto: Kun.uzFoto: Kun.uz
IQ darajasi nima?
IQ inglizça “intelligence quotient” – özbekçada “intellektuallik koeffitsiyenti” sözlari qisqartmasi bölib, insonning örganiş, tuşuniş, ma’lumotlar bilan işlaş qobiliyati va samarali yöllarni qöllaş koeffitsiyentini ölçaydi. IQ testlari balli tizimda baholanib, dunyo böyiça taxminan 68 foiz kişining IQ darajasi 85 balldan 115 ballgaça deb qaraladi. Juda ozçilik kişilar 70dan past yoki 130 dan yuqori IQʼga ega böladilar.
IQ darajasi yuqori böliş boşqalarga nisbatan aqlliroq bölişni anglatadi. Eng yuqori IQʼga ega şaxslar qatoriga Albert Eynşteyn – 160-190, Natan Leopold – 210, Nadya Kamukova – 210, Vilyam Sidis – 250 kiradi. Ular orasida rasman Ginnessning rekordlar kitobiga kiritilgan Merilin vos Savant ham bor.
Merilin vos Savant kim?
Merilin Savant Merilin Maç 1946 yil 11 avgustda Missuri ştatining Tsent-Luis şahrida tuğilgan. U kamtarin kömirçilar oilasidan çiqqan, ota-onasi esa Germaniya va Italiyadan kelgan muhojirlar bölgan. Savantning tomirida italyan, çexoslovak, nemis va avstriyaliklar qoni bor. U fizik va faylasuf Ernst Maxning uzoq avlodi. Otasining ismi Jozef Maç va onasi Marina vos Savant bölgan.
Merilinning aql-zakovati 2 turdagi IQ testlari yordamida tekşirilgan. Biri 10 yoşligida ötkazilgan Stanford Binet testi bölib, oğzaki qobiliyatini aniqlaşga qaratilgan.
Ikkinçi test “Hoeflin Mega Test”. Vunderkind ikkala testda ham juda yuqori ball – 228 oldi va 1986 yilda sayyoradagi eng aqlli inson sifatida Ginness jahon rekordlari kitobiga rasman kiritiladi. Bu – oddiy odamlarnikidan 2 barobar yuqori. Savant natijasi ham ösmir, ham katta yoşlilar içida eng yuqorisi bölgan.
IQ testi haqidagi bahslar sabab Ginness rekordlar kitobi test ötkazişni 1990 yilda töxtatadi va Savant oxirgi rekord qayd etgan kişi bölib qoladi.
, bolaligi oddiy bolalarniki kabi ötgan, ota-onasi Savant uçun alohida e’tibor körsatişmagan. Savantning ota-onasi uning iqtidorini ommaga e’lon qilmaslik, tijoriy ekspluatatsiyadan asraş maqsadida uni jamiyat diqqat markazidan uzoq tutişgan.
U nafaqat fanlar va matematikani juda yaxşi bilgan, balki yoziş mahorati ham yuqori bölgan. Ösmirligida mahalliy gazetalarga doimiy maqolalar berib turgan.
U Meramec Community College’ga öqişga kirib, keyinçalik Cent-Luisdagi Vaşington universitetida falsafa böyiça tahsil oladi. Biroq ikki yildan söng oilasining biznesini yuritişga yordam beriş uçun kollejni taşlab ketadi. Şundan keyin qimmatli qoğozlar, köçmas mulk va investitsiyalar böyiça karerasini boşlaydi. Biroq xayolida doim yozuvçi bölişni orzusi turgan. 5 yil içida moliyaviy holatini yaxşilab, doimiy yozuvçilik bilan şuğullanişga ötib ketadi. Vos Savant taxallusi ostida romanlar, qissalar, siyosiy satiralar yozib, jurnal va gazetalar sahifalarini tayyorlagan.
Turmuş örtoği Robert Jarvik esa birinçi sun’iy yurak modelini yaratgan şaxs. New York Magazine sonlarining birida bu juftlikni “Nyu-Yorkning eng aqlli juftligi” deb ataşgan. Hozir Savant, New York Magazine kolumnisti, rafiqa, ona va buvi.
Malomatga qoldirgan javob
U 30 yil davomida Parade jurnalining “Merilinadan sörang” deb nomlangan savol-javoblar ruknini yozgan. Bu jurnalni Amerikada 80 milliondan ortiq kişi öqiydi.
Jurnalda işlab yurgan yillari Savantga muxlislari keng tarqalgan “Monti Hall muammosi (Monty Hall Problem)” deb ataladigan savolni jönatişadi.
“Siz öyin şousida iştirok etyapsiz deb tasavvur qilaylik. 3ta eşik turibdi, birining ortida maşina, qolgan ikkisida eçki. Siz deylik, 1-eşikni tanladingiz. Qaysi eşik orqasida nima borligini biladigan mezbon, orqasida eçki turgan 3-eşikni oçdi. Va sizga javobingizni özgartirib, 2-eşikni tanlaysizmi dedi, siz nima qilasiz?”
Savant bu savolga javobni jurnal sahifasiga joylab, şunday deydi.
“Ha, javobimni özgartiraman. 1-eşikni tanlasam, menda imkoniyat 1/3, 2-eşikda esa 2/3”, – deb yozadi.
Javob e’lon qilingaç, jurnal öquvçilari noroziliklari boşlanib, Savantga javobga qarşi 10 minglab xatlar keladi, ularning 1000ga yaqini matematik olimlardan edi.
Keyinroq Savantning haqligini 1992 yilda öyin boşlovçisi Monti Hall (“Monty Hall Problem” – ehtimollik muammosi uning nomi bilan atalgan) The New York Times gazetasiga intervyusida ma’lum qiladi.
“Jonli öyin körsatuvlarida pul xavf ostida bölganda turli xil psixologik omillar böladi. Birinçi javobini özgartirmaganlar, keyingi imkoniyatdan foydalanişdan boş tortib, yutiş imkoniyatini kamaytiradilar”, – deydi u.
“Jamiyatdan olayotgan foydamizga javob qaytarişimiz kerak”
1994 yilda Savantning “Men maktabda örgangan hamma narsani unutdim. Ta’limingizni qayta tiklaşingizga yordam beradigan malaka oşiriş kursi” kitobi naşrdan çiqadi. U öquvçilarning aqliy diqqatini kuçaytirişga yordam beradigan bir qator maşqlarni öz içiga oladi.
Ikki yil ötgaç, “Mantiqiy fikrlaş kuçi: fikrlaş san’atida oson darslar. U hayotimizda yöqligi haqida aniq faktlar” kitobini naşr etdi. Bu kitobda muallif: “Miyamizning atigi 10 foizidan foydalanamiz. Hozirgi aniq hisob-kitoblarni bilmayman. Balki 5–15 foizi ham bölişi mumkin. Lekin motivatsiya bölsa, inson köp narsaga qodir”, – deb yozadi.
2002 yilda yozilgan “Ösiş: Klassik Amerika bolaligi” kitobida esa oilalar uçun avtomobillarga texnik xizmat körsatişdan tortib, kasb tanlaşgaça bölgan barça narsalarni öz içiga olgan amaliy maslahatlar, 3 yoşdan 18 yoşgaça bölgan bolalar uçun maşğulotlar berilgan.
U kognitiv psixolog va yozuvçi ham hisoblanib, “Öta yuqori şaxs: nazariya. Daho va ustunlik” kitobi ham Savantga tegişli. U daholikning qanday belgilanişi va ölçanişi, daholik şaxsning individual xatti-harakatlarida qanday namoyon bölişini örganib çiqqan.
Sönggi yillarda vos Savant sun’iy intellektning (AI) inson intellektini ortda qoldirganiga köproq qiziqiş bildirmoqda. 2020 yilda The New York Times gazetasiga bergan intervyusida u sun’iy intellekt bir neça ön yil içida “super aql”ga erişişi mumkinligini va bu insoniyat uçun yomon oqibatlarga olib kelişini aytgan.
“Agar bir inson hammadan aqlliroq bölsa, u nima qilişini öylab köriş kerak. Biz buni nazorat qila olamizmi? Undan yaxşi maqsadda foydalaniladimi yoki aksinça” degan fikrlarni ilgari suradi.
Savantga aql egalariga jamiyatda köproq mas’uliyat yuklanişi kerakmi, degan savolga şunday javob beradi:
“Avvalo oddiy odamlar maktab, yöl qurayotgan bir paytda ular qilgan işning şunçaki foydalanuvçisi böliş töğri emas. Mas’uliyat faqat aql egalari emas, hamma uçun muhim. Biz jamiyatdan olayotgan foydamiz evazini qaytarişimiz, ijtimoiy mas’uliyatni böynimizga olişimiz kerak. Lekin buni uddalay olyapmiz deb öylamayman. Men kitoblarim orqali jamiyatdan olgan narsalarimni odamlarga qaytaryapman deb öylayman”, – degan u.