Jahon | 07:19
11408
1 daqiqa o‘qiladi

Eng aqlli davlatlar reytingi: IQ bo‘yicha top-10 mamlakat

International IQ Test 2026 yil boshiga qadar xalqaro IQ reyestri ma’lumotlari asosida shakllantirilgan mamlakatlar aholisining o‘rtacha intellekt koeffitsiyenti (IQ) bo‘yicha har yili yangilanib boradigan reyting natijalarini e’lon qildi.

Reyting 137 ta mamlakat va hududdan 1,2 million nafar ishtirokchining test natijalari asosida tuzilgan. Barcha ishtirokchilar o‘z intellektual qobiliyatlarini baholash uchun bir xil topshiriqlarni bajargan.

Reytingda birinchi o‘rinni Janubiy Koreya aholisi egalladi — ularning o‘rtacha ko‘rsatkichi 106,97 ballni tashkil etgan. Keyingi o‘rinlarda Xitoy — 106,48 ball va Yaponiya — 106,3 ball bilan joylashgan.

Beshlikdan, shuningdek, Eron (104,8 ball) va Avstraliya (104,45 ball) o‘rin olgan.

Foto: International IQ Test

Rossiya 103,78 ball bilan oltinchi o‘rinni egallagan. Undan keyin Singapur (103,56 ball) va Mo‘g‘uliston (102,61 ball) keladi. Birinchi o‘nlikni Yangi Zelandiya (102,35 ball) va Vetnam (102,26 ball) yakunlaydi.

AQSh 101,04 ball bilan 18-o‘rindan joy olgan. Eng past IQ ko‘rsatkichlari ayrim Afrika davlatlari aholisiga tegishli bo‘lib, ro‘yxatni Somali yakunlaydi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров

Mavzuga oid