Xalqaro IQ reyestri dunyoning turli mamlakatlaridagi örtaça IQ (Intelligence quotient, intellekt koeffitsiyenti – inson aql darajasining miqdoriy bahosi) ma’lumotlarini e’lon qildi.

Birinçi örin 107,43 ball bilan Xitoyga nasib etgan bölsa, Özbekiston 96,98 ball bilan röyxatdagi 127 davlat içida 69-örinni egalladi. Dunyo böyiça örtaça IQ 100 ballni taşkil qiladi.

Reyting mualliflari ta’kidlaşiça, tadqiqot 2024 yilda uşbu saytda bir xil testdan ötgan butun dunyo böylab 1,4 mln kişi ma’lumotlariga asoslangan. Ba’zi mamlakatlar ma’lumotlar yöqligi sababli kiritilmagan. Reyting har yili 1 yanvarda yangilanadi.

«Mamlakatlar böyiça örtaça IQ Şarqiy Osiyoda yuqoriroq. Örtaçaga yaqin - Yevropa, Ğarbiy Osiyo, Okeaniya, Şimoliy Amerika va Şimoliy Afrikada. Markaziy va Janubiy Afrika hamda Lotin Amerikasida örtaçadan past», deyiladi xabarda.

Qayd etilişiça, test sinovida Özbekistondan 8986 kişi iştirok etgan. Ötgan yili bu körsatkiç 94,81 ballga teng edi, bu yil 2,17 ga oşgan.

Kuçli uçlikka Xitoy (107,43), Eron (106,63) va Janubiy Koreya (106,57) kirdi. Gabon 85,56 ball bilan sönggi örinni egalladi.

Markaziy Osiyo mamlakatlari orasida Qozoğiston 66-örinda (97,27), Qirğiziston 84-örinda (95,0), Tojikiston 96-örinda (93,75), Turkmaniston haqida ma’lumot yöq.

Tadqiqotçilar ta’kidlaganidek, mamlakatdagi örtaça IQ miqdoriga quyidagilar ta’sir qiladi:

- Yuqumli kasalliklar: 2010 yilgi tadqiqot şuni körsatdiki, yuqumli kasalliklar darajasi yuqori bölgan mamlakatlarda odatda IQ miqdori past bölgan aholi yaşaydi. Uşbu kasalliklar kognitiv rivojlanişga salbiy ta’sir körsatişi mumkin. Afrika yuqumli kasalliklardan eng köp zarar körgan qit’adir.

- Ovqatlaniş odatlari: 2025 yilgi tadqiqot şuni körsatdiki, yaxşi ovqatlaniş odatiga ega bölgan bolalar boşqa bolalarga qaraganda yuqori IQ miqdoriga ega.

- Intellektual faoliyat: 2022 yilgi tadqiqot şuni körsatdiki, muntazam ravişda şaxmat öynaş bolalarning IQ darajasini oşirişi mumkin. 1962 yildagi yana bir tadqiqot şuni körsatdiki, ikki tilda sözlaşadigan bolalar faqat bir tilda gapiradigan bolalarga qaraganda IQ testida yuqori ball olgan.

- Genetika: 2013 yilda mingdan ortiq egizaklar iştirokida ötkazilgan tadqiqot şuni körsatdiki, IQ 50-80 foiz genetika bilan belgilanadi.