O‘zbekiston | 14:07 / 31.10.2022
9080
2 daqiqa o‘qiladi

Tojikiston elchixonasi chegarada yangi nazorat o‘tkazish punktlari ochilishi haqidagi xabarga aniqlik kiritdi

Avvalroq Dushanbe va Toshkent xalqaro ahamiyatga molik yangi nazorat-o‘tkazish punktlarini tashkil etish to‘g‘risida kelishib olgani haqida xabar qilingan edi.

Tojikiston Respublikasining O‘zbekistondagi elchixonasi xabariga ko‘ra, uchrashuvda yangi nazorat o‘tkazish punktlarini ochish to‘g‘risida so‘z ketmagan. Toshkentda Tojikistonning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Abdujabbor Rahmonzoda va O‘zbekiston Davlat bojxona qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Ilhom Muxtorov «Fotihobod» – «Bekobod» chegaradan o‘tish joyida yuk avtomobillarini qabul qilish salohiyatini kengaytirish yo‘nalishi muayyan choralarini muhokama qilishgan.

Qayd etilishicha, Tojikiston Respublikasi va O‘zbekiston Respublikasi chegarasida 17 ta avtomobil va temiryo‘l o‘tish joylari bor. Ulardan 9 ta nazorat o‘tkazish punkti xalqaro ahamiyatga ega.

Tomonlar shuningdek, xalqaro ahamiyatga ega bo‘lmagan chegaradan o‘tish joylarining texnik ta’minoti masalalari, jumladan, ayni paytda faoliyat ko‘rsatayotgan «Zafarobod» — «Xovosobod» nazorat o‘tkazish punktining ta’minotini yaxshilab, xalqaro darajaga ko‘tarishni muhokama qilishgan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid