15:52 / 31.10.2022
11888

Ukraina havo mudofaasi tomonidan urib tushirilgan raketa Moldova hududiga tushdi

Foto: Readovka

Moldova Ichki ishlar vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakat shimolidagi Naslavcha qishlog‘iga Rossiya raketasi qulagan, qurbonlar yo‘q. Naslavcha Ukrainaning Vinnitsa viloyatidan Dnestr daryosi orqali ajratilgan.

Moldova shimolida ukrainalik harbiylar tomonidan urib tushirilgan Rossiya raketasi quladi, deb xabar berdi Kishinyovdagi Ichki ishlar vazirligi. «Ukraina havo hujumidan mudofaa tizimi tomonidan urib tushirilgan raketa Ukraina bilan chegarada joylashgan Moldova Respublikasining Naslavcha qishlog‘ining shimoliy qismiga qulagan. Hozirda qurbonlar yo‘q, Naslavchadagi bir nechta uylarda derazalar sinib ketgan», deb ma’lum qildi Moldova mahkamasi matbuot xizmati 31 oktyabr, dushanba kuni.

Raketa qulagan hudud o‘rab olingan, tergovchilar voqea joyida ishlamoqda, deya xabar berildi qo‘shimcha ravishda. Vazirlikning eslatishicha, shu kuni ertalab Ukrainaning Moldova bilan chegaradosh hududlarida havo hujumi haqida ogohlantirish e’lon qilingan. Moldova Ichki ishlar vazirligi Ukraina hukumati ma’lumotlariga tayanib, ruslar Ukraina hududida, Naslavchanskaya GESdan 10 km uzoqlikda joylashgan Dnestr gidroelektr stansiyasiga hujum qilganini bildirdi. Suv toshqini xavfi yo‘q, deya ta’kidlanadi xabarda. 

Moldovaning Naslavcha aholi punkti to‘g‘ridan to‘g‘ri Vinnitsa viloyatining yonida joylashgan, chegara Dnestr daryosi orqali o‘tadi. 

Mavzu
Rossiya-Ukraina urushi
2022 yil 22 fevral kuni Rossiya Ukraina chegarasidan o‘tib, qo‘shni mamlakatga bostirib kirdi. Ukraina armiyasi jang taklif qildi.
Barchasi
Top