Jahon | 22:41 / 31.10.2022
18977
2 daqiqa o‘qiladi

Yevropaning eng mashhur jinoyatchilaridan biri Ekvadorda qo‘lga olindi 

Yevropada eng ko‘p qidirilayotgan jinoyatchilar ro‘yxatida bo‘lgan Viviana Gutiyerres Ekvadorda hibsga olindi. 

Foto: Crime Stoppers International

Ispaniya, Ekvador va Kolumbiya politsiya kuchlarining qo‘shma operatsiyasi natijasida Interpol va Ispaniya politsiyasi tomonidan qidirilayotgan Viviana Andrea Valexo Gutiyerres hibsga olindi. 

Yevropada eng ko‘p qidirilayotgan jinoyatchilar ro‘yxatida bo‘lgan ayol 28 oktabr kuni Ekvadorning Machala shahrida qo‘lga olingan. 

Gutiyerres jinsiy ekspluatatsiya, giyohvand moddalar savdosi va pul yuvish maqsadida odam savdosiga aloqadorlikda gumonlanmoqda. Ushbu moddalar bo‘yicha hibsga olingan shaxs 32 yilgacha qamoq jazosiga hukm qilinishi mumkin. 

Ispaniya politsiyasiga ko‘ra, Viviana Gutiyerres ayollarni Kolumbiyadan Ispaniyaga olib kelib, fohishalikka majburlagan xalqaro jinoiy tashkilot a’zosi bo‘lgan. 

Qayd etilishicha, u kolumbiyalik ayollarga Ispaniyaga ko‘chib o‘tishni taklif qilgan, buning uchun ular tashkilotga 1,5 ming yevro to‘lashi uchun u yerda fohishalik bilan shug‘ullanishga majburlangan. 

Ispaniyaga borganidan so‘ng, ularga bu miqdor 3 ming yevroga oshgani haqida ma’lum qilingan. Ayollarga yashash uyidan kuniga bir soatdan ortiq vaqtga chiqib ketishi taqiqlangan, ulardan kechayu kunduz davomida fohishalik bilan shug‘ullanish, shuningdek, mijozlarga kokain sotish talab qilingan. 

Ilgari Viviana Gutiyerres Ispaniyada yashagan, ammo qidiruvga berilganidan keyin vatani Kolumbiyaga qochgan. 

Kolumbiya politsiyasi ayolning Ekvador chegarasiga yaqin joyda yashirinib yurganini aniqlab, ispaniyalik hamkasblariga xabar berganidan so‘ng, uni ushlash bo‘yicha qo‘shma operatsiya o‘tkazilgan. 

Mavzuga oid

E`lonlar