O‘zbekiston | 08:42 / 02.11.2022
21964
2 daqiqa o‘qiladi

Sardor Umrzoqovga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Foto: O‘zA

O‘zbekiston Prezidenti administratsiyasida 1 noyabr kuni yangi tayinlov amalga oshirildi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Qayd etilishicha, Shavkat Mirziyoyev farmoni bilan Prezident protokoli rahbari lavozimini egallab kelgan Ulug‘bek Uchqunovich Qurbonov Prezident administratsiyasi rahbari o‘rinbosari — Prezident protokoli rahbari lavozimiga tayinlandi.

Avvalroq Shavkat Mirziyoyevning tegishli farmoyishiga asosan Prezident administratsiyasi ijro etuvchi apparatida tayinlovlar amalga oshirilgan edi. Unga ko‘ra,

  • Rustam To‘ychiyevich Komilov — Prezident administratsiyasi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va jamoat loyihalari bo‘yicha shu’ba mudiri;
  • Hikmatilla Shuhratilla o‘g‘li Ubaydullayev Prezident administratsiyasi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va jamoat loyihalari bo‘yicha shu’ba yetakchi kunsultanti;
  • O‘lug‘bek Rauf o‘g‘li Normatov Prezident administratsiyasi jamoat fikrini o‘rganish va tahlil qilish shu’basi yetakchi konsultanti;
  • Shohrux Anvarovich Xo‘jayev Prezident administratsiyasi kommunikatsiyalar va axborot siyosati bo‘yicha shu’ba yetakchi kunsultanti lavozimiga tayinlangan.

Mavzuga oid