Microsoft Ukrainaga texnik yordam uchun yana 100 million dollar ajratadi
Ukraina 2023 yil davomida butun Yevropa bo‘ylab Microsoft bulutli xizmatlari va ma’lumotlar markazlaridan bepul foydalanishi mumkin, deya ma’lum qildi texnologiya korporatsiyasi.
Microsoft qo‘shimcha texnologiya yordami uchun qariyb 100 million dollar ajratishga va’da berdi, bu esa fevral oyida Rossiya bosqinining boshlanishidan beri Ukrainaga taqdim etilgan umumiy yordami hajmi 400 million dollarga yetishini anglatadi.
Kompaniyaning qo‘llab-quvvatlashi «Ukrainadagi davlat idoralari, muhim infratuzilma va boshqa tarmoqlarga raqamli infratuzilmani boshqarishda davom etish va Microsoft bulutli xizmatlari orqali fuqarolarga xizmat ko‘rsatish imkonini beradi», deb yozadi Microsoft prezidenti Bred Smit o‘z blogida.
Bundan oldin Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy harbiy xarajatlarni 386,9 milliard grivnaga (10,5 milliard yevro) oshirishni nazarda tutuvchi mamlakatning 2022 yilgi budjetiga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risidagi qonunni imzolagandi.
Hujjatga ko‘ra, qo‘shimcha mablag‘larning asosiy qismi Mudofaa vazirligiga yo‘naltiriladi – 365,2 milliard grivna (9,9 milliard yevro).
«Davlat budjetining umumiy jamg‘armasi bo‘yicha qo‘shimcha xarajatlarni qoplash maqsadida davlat ichki qarzlari ko‘paytirildi va shunga mos ravishda 2022 yil 31 dekabr holatiga davlat qarzining maksimal miqdori oshirildi», — deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, bunday qonunning amalga oshirilishi «milliy xavfsizlik va mudofaa sohasidagi dolzarb vazifalarni hamda Rossiya Federatsiyasining Ukrainaga qarshi qurolli tajovuzini qaytarish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirishga, davlatning harbiy xizmatchilarga o‘z vaqtida va to‘liq moddiy yordam to‘lash majburiyatlarini bajarishga imkon beradi.
Mavzuga oid
22:45 / 20.01.2025
Ukrainada Xarkiv mudofaasini ta’minlay olmagan ikki general hibsga olindi
20:22 / 20.01.2025
Putin Trampni tabriklab, «Ukraina mojarosi» bo‘yicha muloqotga tayyorligini ma’lum qildi
14:53 / 20.01.2025
«Ertaga televizorni tomosha qilish qiziq bo‘ladi». Tramp inauguratsiyasi arafasida chiqish qildi
09:54 / 19.01.2025