PepsiCo kompaniyasining katta tavakkali: «Kapitalistlar içimligi» bölgan Pepsi Cola SSSRga qanday kirib kelgandi?
|15:23 / 03.11.202251 06314 min
Ötgan asrning ikkinçi yarmida turli hududlarini öz ta’sir doirasiga oliş uçun SSSR va AQŞ keskin raqobat olib bordi. Oqibatda, ular bir-biriga siyosiy va iqtisodiy duşmanga aylandi. Ana şunday şaroitda AQŞning yirik kompaniyalaridan biri PepsiCo katta tavakkal bilan SSSRda öz korxonasini oçadi. Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirişi ortidan, 2022 yil martda kompaniya bu davlatda salqin içimliklar işlab çiqarişni töxtatdi. Şu tariqa PepsiCo oradan 50 yil ötib Rossiya bozorini noma’lum muddatga tark etdi.
Fotokollaj: Kun.uzFotokollaj: Kun.uz
1917 yilda sodir bölgan Oktyabr töntarişi Yevrosiyoning juda katta mintaqasida bozor qonuniyatlarini özgartirib yubordi. Rossiya imperiyasi tugatilib, örniga «sovetlar mamlakati» paydo bölar ekan, yangi tuzum xususiy mulk egalariga qarşi ayovsiz kuraş boşlaydi.
Avvaliga zavod va fabrikalar tortib olinadi. Keyin dökondorlarga hujum boşlanadi. 1920-yillar oxiriga kelib kollektivlaştiriş bahonasida butun mamlakat böylab odamlarning yer va mulklari oxirigaça tortib olinadi. Şu tariqa asrlar davomida şakllanib kelgan xususiy mulk munosabatlari töliq mahv etiladi.
1930-yillarda mamlakatda juda katta qurilişlar boşlab yuboriladi. Ammo kerakli mutaxassislar yetişmasdi. Ana şu paytda SSSRga dunyoning turli davlatlaridan köplab kompaniyalar öz mutaxassislari bilan kelib işlaydi. Ular orasida AQŞliklar ham bor edi.
1937 yilda Stalin qatağonlari boşlangaç, xorijiy mutaxassislarning bir qismi qoçib qutuladi. Boşqalari esa ayğoqçilikda ayblanib, jazolanadi. Şundan söng uzoq yillar davomida SSSRning Ğarb davlatlari bilan iqtisodiy aloqalari eng yomon körinişga keladi.
Stalin vafotidan keyin bir muddat SSSR va AQŞ munosabatlari yumşaganday böladi. Mamlakat rahbari Nikita Xruşçev AQŞga taşrif buyuradi.
Foto: alamy.com
Bunga javoban 1959 yilda Moskvada AQŞ milliy sanoat körgazmasi taşkil etiladi va unga vitse-prezident Riçard Nikson taşrif buyuradi. Ammo 1960-yillar boşida sodir bölgan Karib inqirozi davrida SSSRning Ğarb bilan aloqalari yana yomonlaşadi.
1964 yil 14 oktyabrda SSSR rahbari özgaradi. Xruşçev örniga Leonid Brejnev KPSS markaziy qömitasi boş kotibi böladi. Öşa paytda Vetnam uruşi davom etayotgan va unda AQŞ armiyasi janubliklarga, SSSR harbiylari şimolliklarga yordam berayotgan edi. Şu sababli har ikki mamlakat örtasidagi iqtisodiy aloqalar sovuqligiça qoladi.
Sovet-AQŞ aloqalarining iliqlaşişi
1969 yilda AQŞda ötkazilgan saylovlarda Riçard Nikson ğalaba qozonadi va mamlakat prezidenti böladi. Nikson uruşda muvaffaqiyatsizlikka uçrayotgan AQŞ harbiylarini Vetnamdan olib çiqiş haqida qaror qabul qiladi. Şu bilan birga Sovet ittifoqi bilan iqtisodiy aloqalarni tiklaşga kirişadi. Şundan söng SSSR va AQŞ örtasidagi munosabatlar iliqlaşa boşlaydi.
1972 yilda Riçard Nikson Brejnev taklifiga köra SSSRga davlat taşrifi bilan keladi. Ungaça AQŞ prezidentlari orasida faqat Franklin Ruzvelt 1945 yilda SSSRga kelgandi. Ruzveltning taşrifidan keyin orada ötgan 27 yil mobaynida AQŞning birorta prezidenti sovet ittifoqiga kelmagan.
Mavzuga oid
Foto: bskltd.ru
Oradan ikki yil ötib, 1974 yilda Riçard Nikson SSSRga ikkinçi marta keladi va har ikki davlat örtasidagi iqtisodiy aloqalar ança jonlanib qoladi.
SSSRda Pepsi Sola korxonasining qurilişi
SSSRda Pepsi Solaavvallari sotilmagan. Faqat 1959 yilda Moskvada ötkazilgan AQŞ milliy sanoat yarmarkasida bu içimlik ilk bor taqdim etilgandi.
AQŞ Milliy sanoat yarmarkasining taşkilotçisi vitse prezident Riçard Nikson edi. Öşanda yarmarkada PepsiCo kompaniyasi boş direktori Donald Kendall ham öz mahsulotlari bilan qatnaşadi.
Yarmarka bölib ötgan kunlarda unga taşrif buyuruvçilarga Pepsi Solaham taqdim etiladi va bu içimlik köpçilikning mehrini qozonadi.
SSSR rahbari Nikita Xruşçev Moskvada ötkazilgan AQŞ milliy sanoat yarmarkasida Pepsi Cola tatib körmoqda
Foto: alamy.com
PepsiCo kompaniyasi öşandayoq SSSR bozoriga kirişni xohlagandi. Ammo Karib havzasida joylaşgan Kuba oroli tufayli kelib çiqqan mojaro tufayli bu amalga oşmay qoladi.
Riçard Niksonning sovet ittifoqiga 1972 yilda amalga oşirgan birinçi taşrifida SSSR va AQŞ örtasida savdo-iqtisodiy hamkorlik şartnomalari imzolanadi. Şundan söng har ikki mamlakat örtasida mahsulot ayirboşlaş boşlanadi.
Öşa paytda SSSRda işlab çiqarilayotgan mahsulotlar orasida amerikaliklarning talabiga javob beradiganlari yöq edi. Şu sababli ular asosan xomaşyo sotib oladi va örniga tayyor mahsulotlar jönatiladi.
Jumladan, 1973 yilda SSSRga AQŞdan Pepsi Solasalqin içimligining birinçi partiyasi yetib keladi. Içimlik sovet xaridorlariga manzur kelgaç kompaniya rahbarlari SSSR savdo ministrligi bilan muzokara ötkazib, SSSRda zavod oçiş böyiça kelişuvga erişadi. Şu tariqa PepsiCo kapitalistik Ğarbdan kelib SSSRda mahsulot işlab çiqargan ilk kompaniyaga aylanadi.
Öşa paytda PepsiCo’ning barça korxonalar davlatga tegişli bölgan SSSRda salqin içimlik işlab çiqaruvçi korxonani oçişi katta jasorat edi. Buning ustiga, Ğarb mahsulotlari SSSRda «Kapitalistlar mahsuloti» deb talqin qilinar, bunday şaroitda xaridorlarni jalb qiliş biroz qiyin bölişi ehtimoli ham bor edi.
Ğarb davlatlari bilan iqtisodiy aloqalari unça yaxşi bölmagan sovetlar keyinçalik arzimagan narsani bahona qilib PepsiCo’ning korxonasini tortib olişi mumkin edi. Kompaniya ana ana şunday qaltis vaziyatda jiddiy tavakkalga qöl uradi.
SSSR rahbari Leonid Iliç Pepsi Cola işlab çiqaruvçi korxonada.
Foto: rbth.com
1973 yilda Krasnodar ölkasidagi Novorossiysk şahrida yangi zavod qurila boşlanadi va u 11 oyda bitadi. 1974 yilda zavod işga tuşiriladi va u yerda Pepsi Sola işlab çiqarila boşlanadi. Bu içimlikka qöşiladigan asosiy qöşimça PepsiCo’ning Irlandiyadagi zavodidan kelar edi.
Öşa paytda Novorossiyskdagi korxona bir sutkada 160 ming şişa idişda Pepsi Sola işlab çiqargan. Özaro kelişuvga köra SSSRda işlab çiqarilgan içimlik yorliğiga brend nomi kirill alifbosida yozilgan edi.
Pepsi Sola oddiy sovet limonadlariga qaraganda ança sifatli bölgani uçun tezda mamlakat böylab ommalaşadi. Şundan söng kompaniya işlab çiqarişni kengaytira boşlaydi.
Keyingi yillarda birin-ketin boşqa şaharlarda ham zavodlar oçiladi. Jumladan, 1978 yilda Yevpotoriyada, Leningradda (hozirgi Sankt-Peterburg), Novosibirsk va Moskvada Pepsi Sola işlab çiqariladi.
Pepsi Sola 0,33 litrli şişa idişga quyilar va turli şaharlarda 45-50 tiyindan sotilardi.
Foto: alamy.com
Moskva olimpiadasi tufayli kelib çiqqan raqobat
Ma’lumki, AQŞning turli yirik kompaniyalari özaro raqobatda işlaydi. Şu jumladan PepsiCo va AQŞning yana bir yirik kompaniyasi Coca-Cola Company dunyo böylab özaro raqobatda işlagan.
1979 yilga kelib PepsiCo va Coca-Cola Company örtasida SSSR bilan boğliq kiçik mojaro yuzaga keladi.
1980 yilda yozgi olimpiada öyinlari ötkazilişini Moskva şahri yutib olgandi. 1979 yilda dunyoning köplab mamlakatlari SSSRning Afğonistonga bostirib kirişiga norozilik sifatida Moskvadagi olimpiadada qatnaşmasligini ma’lum qiladi. Ular orasida AQŞ ham bor edi.
Garçi Amerika Moskvadagi musobaqaga öz sportçilarini yubormasligini aytgan bölsa-da, olimpiada boşlanişi arafasida Coca-Cola Company va PepsiCo örtasida kiçik mojaro yuzaga keldi.
Foto: pikabu.ru
Coca-Cola Company öşa paytlarda Xalqaro olimpiya qömitasi bilan olimpiya öyinlarining asosiy içimligi va homiysi böliş uçun şartnoma imzolagandi. Kompaniya Moskva olimpiadasigaça bölgan musobaqalarda ham olimpiya öyinlarining asosiy homiylaridan biri bölib kelayotgandi.
Moskva olimpiadasi taşkilotçilari Ğarb davlatlarining boykotidan söng musobaqaga SSSRda mahsulot işlab çiqarayotgan PepsiCo kompaniyasi asosiy homiy bölişi haqida ma’lum qilişadi. Sovetlarning bunday qarori xalqaro olimpiya qömitasini noqulay ahvolga solib qöyadi.
Şundan söng xalqaro olimpiya qömitasi taşkilotçilar bilan muzokaralar ötkazadi. Sovetlar avvaliga Coca-Cola Company’ning Moskva olimpiadasiga asosiy homiy bölişiga qarşi bölişadi. Bundan asosiy homiylik uçun xalqaro olimpiya qömitasiga millionlab dollar mablağ ajratayotgan Coca Sola kompaniyasi mutasaddilari norozi bölişadi.
Xalqaro olimpiya qömitasi Moskva olimpiadasi taşkilotçilari bilan muzokaralar ötkazadi. Qömita biroz yon beriş hisobiga Coca Cola Company Moskva olimpiadasiga homiylik qilişi böyiça kelişuvga erişadi.
Sovetlar olimpiyaning asosiy içimligi sifatida Coca Cola Company’ning eng maşhur içimligi Coca Sola emas, Fanta qatnaşişi mumkinligini aytişadi. Xalqaro olimpiya qömitasi va Coca-Cola Company vakillari noiloj rozi bölişadi.
1979 yildan boşlab Coca-Cola Company Moskvadagi «Oçakovo» korxonasida 0,33 litrli şişa idişga quyilgan Fanta içimligini çiqara boşlaydi. Şu tariqa Moskva olimpiadasida ikkita raqobatçi kompaniyaning asosiy içimliklari deb Pepsi Sola va Fanta tan olinadi.
Şuningdek, kelişuvga köra Coca Cola Company’ga olimpiada tugagunça SSSRda Coca Sola içimligini sotişga ruxsat berişadi. Kompaniya idiş tepasiga kirill yozuvi tuşirilgan içimliklardan katta partiyasini SSSRga olib kirib sota boşlaydi.
Olimpiada öyinlari tugaşi bilan Coca Cola Company SSSRda mahsulot işlab çiqariş hamda sotişni istamaydi va Oçakovodagi korxonani yopib çiqib ketadi. PepsiCo kompaniyasi esa işlaşda davom etadi.
1985 yilda SSSRda yana yettita zavodda – Moskva, Leningrad, Kiyev, Toşkent, Tallin, Olma-Ota va Suxumi şaharlarida Pepsi Sola işlab çiqarila boşlanadi.
Foto: yaplakal.com
1980-yillar boşida PepsiCo kompaniyasi SSSRda bir yilda 15 million quti (har bir qutida 20 şişa içimlik joylaşgan) Pepsi Sola işlab çiqargan. Ularning umumiy bahosi qariyb 200 million dollarni taşkil etgan.
Har yili SSSR böylab millionlab şişa Pepsi Sola sotilar ekan, bu içimlik sovetlarning özi işlab çiqaradigan limonadlardan bir neça barobar qimmat edi. Masalan, öşa paytda 0,5 litrli şişa idişga quyilgan limonat 10 tiyin, 0,33 litrli Pepsi Sola esa 45-50 tiyin sotilgan.
Narxning balandligiga qaramasdan juda sifatli bölgani uçun Pepsi Sola butun mamlakat böylab ommalaşadi.
1988 yildan boşlab sovet telekanallarida Pepsi Sola reklamasi berila boşlanadi. Ilk reklama roligida öşa paytda endi maşhur böla boşlagan Maykl Jyekson suratga tuşgan edi.
Öşa yili Özbekiston telekanalida ham Toşkentdagi teatrlardan birining aktyorlari iştirokida suratga olingan reklama roligi efirga çiqa boşlaydi. Özbekistonda suratga olingan reklamada aktyorlar «Ming bir keça» ertagi qahramonlari obrazida çiqişgan.
«Asr kelişuvi»
1989 yilga kelib SSSRda 21 korxona Pepsi Sola işlab çiqarar (Ular orasida Qibray tumanidagi salqin içimliklar işlab çiqariş korxonasi ham bor edi), yana 26 ta korxona oçiş reja qilingandi.
Ammo SSSR tarqab ketişi arafasida mamlakat böylab moliyaviy inqirozlar kuçayadi. Öşanda PepsiCo’dan olingan xomaşyo va turli uskunalar hisobidan SSSR kompaniyadan bir neça milliard dollar qarz bölib qoladi.
Şundan söng PepsiCo mutasaddilari SSSRga keladi va hukumat darajasidan ötkazilgan muzokaralardan söng Gorbaçyov bilan qarzlarni tölaş böyiça şartnoma imzolanadi.
Şartnomaga köra PepsiCo qarzlar evaziga SSSRdan 20 ta eski harbiy kema va bir neçta neft taşuvçi tanker oladi. PepsiCo olgan kemalarning 17 tasi «613 loyiha» deb nomlanuvçi yirik suvosti harbiy kemasi, bittadan esminets, kreyser va torpedo qurollarini taşuvçi (torpedonets) edi.
Foto: alamy.com
Öşanda suvosti harbiy kemalarning har biri 150 million dollardan narxlangandi. Esminets, kreyser, torpedo qurollarini taşuvçi kema va tankerlar ham salmoqli pullar evaziga hisoblab beriladi.
Öşa paytda aksariyat davlatlarda bunça harbiy kema yöq edi. Agar dunyo davlatlari röyxat qilinsa PepsiCo harbiy-dengiz floti böyiça ular orasida oltinçi örinni egallaşi mumkin bölardi.
PepsiCo kemalarning yaroqlilarini xaridorlarga sotadi, muddatini ötab bölganlarini esa metall erituvçi kompaniyaga pullaydi. PepsiCo SSSRdan undirişning iloji bölmagan pullarini şu yöl bilan oladi.
Öşa paytda PepsiCo’ning sovet ittifoqidan qarz evaziga 20 ta harbiy kema olgani dunyo böylab şov-şuv böladi.
«Biz SSSRni sizlardan tezroq qurolsizlantiramiz» degan edi PepsiCo kompaniyasining sobiq boş direktori Donald Kendall 1988-1992 yillarda AQŞni boşqargan Katta Jorj Buşga maslahatçi bölgan Brent Skoukroftga.
Öşa yili New York Times gazetasi «SSSRdan oşiqça qurol-yaroqlarini olib çiqiş bu – qayta qurişga yordamlaşişdir» deb yozib çiqqan edi.
1990 yilda SSSR va PepsiCo kompaniyasi örtasida 3 milliard dollarlik yangi şartnoma imzolanadi. Şartnomada sovet ittifoqi tölovlarning bir qismini kemalar va boşqa mahsulotlar berib uzişi mumkinligi körsatiladi. Tarixda bu şartnoma «Asr kelişuvi» deb nomlangan.
1991 yilda SSSR parçalanib ketadi va PepsiCo bilan tuzilgan şartnoma ham öz kuçini yöqotadi. Şundan söng PepsiCo Rossiyada xorijiy korxona sifatida röyxatdan ötib işlay boşlaydi.
PepsiCo'ning Rossiyadagi zavodlaridan biri
Foto: alamy.com
Kompaniya 2022 yil mart oyida Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirişi ortidan Rossiyada salqin içimliklar işlab çiqarişni töxtatdi. Pepsi Sola kirib kelganiga roppa rosa 50 yil bölganda PepsiCo noma’lum muddatga Rossiya bozorini tark etdi.