Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kuchli yomg‘irlar tufayli Qashqadaryo va Samarqand viloyatida sellar oqdi
Qashqadaryoning bir qancha hududlarida qishloqlarda sel oqqan. Samarqand viloyatida M-39 Almati-Toshkent-Termiz xalqaro avtomobil yo‘lining Bulung‘ur tumanidan o‘tgan qismini suv bosgan.
Ijtimoiy tarmoqlarda kuchli yomg‘irlar tufayli Qashqadaryo va Samarqand viloyatlarining bir qancha hududlarida sel oqqani tasvirlangan videolar tarqaldi.
Jumladan, Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumanida joylashgan Jambil qishlog‘idan ko‘chalarni to‘ldirib sel oqqan. Bundan tashqari, M-39 Almati-Toshkent-Termiz xalqaro avtomobil yo‘lining Bulung‘ur tumanidan o‘tgan qismini suv bosgan.
2022 yil 19 oktyabr kuni ham M-39 xalqaro avtomobil yo‘lining Bulung‘ur tumanidan o‘tgan qismini sel bosgandi. O‘shanda O‘zgidromet 18 va 19 oktyabr kunlari oralig‘ida Samarqand viloyatida sutka davomida 36 millimetrgacha yomg‘ir yog‘ib o‘tganini ma’lum qilgandi.
Bundan bir necha kun avval kuchli yog‘gan yomg‘irlar tufayli Qashqadaryo viloyatining tog‘li tumanlarida, daryo va soylarda sel oqqandi.
Ma’lumot uchun, O‘zgidromet joriy yilning 6-8 noyabr kunlari kutilayotgan kuchli yomg‘irlar yog‘ishi sababli respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida sel xavfini e’lon qilgandi.
Mavzuga oid
16:36 / 22.06.2026
Sariosiyodagi xalqaro ahamiyatga ega ko‘prikka sel zarar yetkazdi, harakat vaqtincha to‘xtatildi
09:00 / 22.06.2026
Samarqandda 2 kilogrammdan ortiq «gashish» sotmoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi
08:25 / 19.06.2026
Zomin va Baxmalda sel kuzatildi, 3 ta avtomobil oqib ketdi
23:04 / 13.06.2026