Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kuchli yomg‘irlar tufayli Qashqadaryoning tog‘li tumanlarida sel keldi
Kitob, Shahrisabz, Qamashi, Dehqonobod tumanlarining tog‘li hududlarida joylashgan daryo va soylarda sel oqqan.
Bugun, 2022 yil 2 noyabr kuni tunda va tongda yog‘gan kuchli yomg‘irlar tufayli Qashqadaryo viloyatining tog‘li tumanlarida sel kelgan. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolarga ko‘ra, Dehqonobod tumani Shakarbuloq qishlog‘i, Kitob tumani Jovuz qishlog‘i, shuningdek, Qamashi, Shahrisabz tumanlaridagi soy va daryolarda sel kelgani aytilmoqda.
Bundan tashqari, «Hisor» davlat qo‘riqxonasi xodimlari qo‘riqxona hududida joylashgan bir qancha daryolar va soylarda sellar oqayotganini xabar qilishdi.
Videotasvirlarda sel suvlari soy va sel o‘zani ichida oqib o‘tayotgani, talafot darajasi yuqori xavfga ega emasligini ko‘rish mumkin.
Kecha Iqlimshunos Erkin Abdulahatov Turkmanistondan shakllangan nam havo oqimi O‘zbekistonga kirib kelayotganini, shu tufayli 2 noyabr kuni Surxondaryo, Qashqadaryo, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo hamda Toshkent viloyatlarida «yaxshigina» yog‘ingarchilik bo‘lishini, tog‘larda yog‘inlar jadal va ko‘p miqdorda yog‘ishi kutilayotganini ma’lum qilgandi.
Mavzuga oid
23:02 / 03.07.2026
“O‘lganning ustiga tepgan”: Qashqadaryoda o‘nlab fuqaroning kreditga olingan mashinalari g‘oyib bo‘ldi
11:52 / 03.07.2026
O‘zgidromet kuchli yomg‘irlar va sel xavfi haqida ogohlantirdi
16:36 / 22.06.2026
Sariosiyodagi xalqaro ahamiyatga ega ko‘prikka sel zarar yetkazdi, harakat vaqtincha to‘xtatildi
08:25 / 19.06.2026