Ijtimoiy tarmoqlarda M-39 Almati-Toşkent-Termiz xalqaro avtomobil yölining Samarqand viloyati Bulunğur tumanidan ötgan qismida sel oqayotgani va bu yerdan ötayotgan maşinalarning sekin harakatlanyotgani, ayrimlari esa yöl-transport hodisasiga uçragani tasvirlangan video tarqaldi.
M-39 Almati-Toşkent-Termiz xalqaro avtomobil yölining Jizzax viloyati Ğallaorol tumani va Samarqand viloyati Bulunğur tumanidan ötgan qismida tez-tez sel hodisasi kuzatilib turadi.
Jumladan, joriy yil bahor oylarida yoğingarçiliklar vaqtida yölning Ğallaorol va Bulunğur tumanlaridan ötgan turli qismlarida sel oqib, yölni suv bosgan edi.
“Özgidromet”ning xabar berişiça, 18 va 19 oktyabr kunlari oraliğida Samarqand viloyatida sutka davomida 36 millimetrgaça yomğir yoğib ötgan. Mazkur körsatkiç “Dağbit” kuzatuv stansiyasida röyxatga olingan. Samarqand şahrida körsatkiç 20 millimetrga teng bölgan.
Ötgan sutka davomida eng köp miqdordagi yoğingarçilik Jizzaxning toğli hududlarida joylaşgan “Baxmal” (35 millimntr) hamda Qaşqadaryoning “Köl” (77 millimetr) kuzatuv stansiyalarida qayd etilgan.
Qaşqadaryo va Jizzax viloyatining toğli hududlariga qor yoğdi

















