«MYu» nokautga uchradi, «Arsenal» derbida g‘olib, «Roma» mag‘lub bo‘ldi. Kun o‘yinlari
Yakshanba kuni Yevropa futbolida ro‘y bergan asosiy voqealar, gollar va turnir jadvallaridagi vaziyat.
Angliya: Obameyang uchun saboq va kurashchi Ronaldu
Chelsi — Arsenal 0:1
Gol: Gabriel (63).
Chelsi – Mendi, Aspilikueta, Tiago Silva, Chaloba, Kukurelya, Jorjino, Loftus-Chik (Kovachich, 78), Maunt (Pulishich, 78), Haverts (Gallaher, 64), Obameyang (Broya, 64), Sterling.
Arsenal – Remsdeyl, Uayt, Gabriel, Saliba, Zinchenko (Tirni, 78), Chaka, Parti, Edegor (El-Nenni, 87), Saka, Jyezus, Martinelli (Holding, 90+4).
Ogohlantirishlar: Obameyang (27), Saka (42), Aspilikueta (51), Chaloba (60), Uayt (80), Gallaher (85), Sterling (89).
Shu kunlarda «Chelsi» futbolchisi Obameyang ochiq bayonot berib, Mikel Artetaga o‘z fikriga ega tajribali futbolchilar emas, balki faqat uning og‘ziga qarab turadigan yosh futbolchilar kerakligini aytdi. Qolaversa, forvard noodatiy rolikda ishtirok etib, «Arsenal» bilan hech qanday shaxsiy munosabatlari qolmaganini aytdi. Ammo ish shunga yetib bordiki, o‘yin davomida atigi sakkiz bor to‘pga tegingan forvard ikkinchi bo‘lim boshida zaxira o‘rindig‘iga yo‘l oldi, uning jamoasi esa qatorasiga ikkinchi o‘yinda mag‘lubiyatga uchrab, turnir jadvalida yettinchi o‘rinda qoldi.
«Arsenal» esa shunday to‘liq ustunlik bilan o‘yin namoyish etdiki (zarbalar bo‘yicha hisob 14:5), «Stemford Brij»ni to‘ldirgan mezbon muxlislar ularga ta’sir ko‘rsata olmadi. «Kanonirlar» «Chelsi»ni safar o‘yinlarida o‘n bor mag‘lub etgan ilk jamoaga aylandi. «Blekbern» ko‘klar jamoasini qatorasiga uch safar o‘yinida mag‘lubiyatga uchratgandi, faqat bu o‘tgan asrning oxirgi o‘n yilligida ro‘y bergan, o‘shanda jamoa chempionat favoriti, londonliklar esa o‘rtamiyona klublardan edi.
«Arsenal» safida joriy mavsumda eng samarali ko‘rsatkichga ega bo‘lib turgan Saka burchak zarbasini ijro etgach, to‘p darvozabon va himoyachilardan o‘tib darvozaga chizig‘ini kesib o‘tayotganida, goleador himoyachi Gabriel Magalyanes uni to‘liq to‘rga kiritib yubordi. Braziliyalik ushbu futbolchi Angliyaga kelganidan buyon kornerlarni yakunlash bo‘yicha jamoada yetakchi edi (9), yakshanba kungi o‘yindan keyin esa u bu borada Keynni ham ortda qoldirib, ligada birinchi bo‘lib oldi.
«Arsenal» APLdagi eng yaxshi startini qayd etmoqda — 13 o‘yinda 34 ochko, birinchi o‘rin. Premer-ligada dastlabki 13 bahsda 34+ ochko to‘plagan 8 jamoadan 7 tasi yakunda chempion bo‘lgan. Faqat «Nyukasl» (1995/96) buni uddalay olmagandi.
Aston Villa — Manchester Yunayted 3:1
Gollar: Beyli (7), Din (11), Remzi (49) — Remzi (45, avtogol).
Aston Villa – E.Martines, Kesh, Mingz, Konsa, Din (Yang, 79), Dendonker (Sanson, 90), Buendia (Ingz, 79), Luis, Remzi, Uotkins (Kamara, 78), Beyli (Makginn, 70).
Manchester Yunayted – De Xea, Dalot, Lindelyof, L.Martines, Shou (Malasia, 65), Eriksen, Kazemiro, van de Bek (Marsyal, 65), Ronaldu, Reshford, Garnacho (Elanga, 65).
Ogohlantirishlar: Shou (10), Beyli (42), Ronaldu (61), Mingz (61), Dalot (72), E.Martines (88).
Boshlang‘ich tarkiblar e’lon qilinganida barchaning e’tibori Krishtianu Ronalduga qaratildi, u yanvar oyidan buyon ilk bor «MYu»ni sardorlik bog‘ichi bilan maydonga boshlab tushdi. Ya’ni bu jamoani Erik ten Hag boshqarishga kirishganidan birinchi bor ro‘y berishi edi. Ammo portugaliyalik futbolchining bu o‘yindagi yodda qolgan harakatlari faqat Mings bilan bahsga kirishib, yakkakurash uslubini ishga solishi bo‘ldi, bu vaziyatda hakam ikki bezori futbolchiga sariq kartochka ko‘rsatib, to‘plangan futbolchilarni tarqatdi.
Bu kechaning asosiy qahramoni esa «Aston Villa» safida edi. Gap shu kuni birmengemliklar boshqaruvidagi ilk o‘yinini o‘tkazgan va APLga qaytishini yorqin o‘tkazgan Unai Emeri haqida. Maydonda esa Jyeykob Remsi ham juda yaxshi harakat qildi. Uning uzatmasidan keyin Beyli hisobni ochdi, shuningdek u prinsipga qat’iy rioya qildi: o‘zi xato qildi — o‘zi tuzatdi. Birinchi bo‘lim Remsining avtogoli bilan yakunlandi, u Shouning zarbasi trayektoriyasini o‘zgartirib yubordi va darvozabon Martines ojiz qoldi. Ikkinchi bo‘lim esa uning raqib darvozasini o‘qqa tutishi bilan boshlandi va o‘yin nazorati «Villa»ga qaytdi.
Tottenhem — Liverpul 1:2
Gollar: Keyn (70) — Saloh (11, 40).
Tottenhem – Loris, Emerson (Doerti, 68), Dayyer, Devis, Langle, Sessenon (Kulusevski, 68), Hyoyberg, Bentankur, Bissuma (Moura, 89), Perishich, Keyn.
Liverpul – Alisson, Aleksander-Arnold, van Deyk, Konate, Roberson, Gomes, Elliott (Henderson, 74), Alkantara, Fabino, Firmino (Jons, 74), Saloh (Oksleyd-Chemberlen, 90+2), Nunes (Gomes, 87).
Bu mavsumda Yurgen Klopp Robin Gud qiyofasida aks etgan memlar urf bo‘ldi — hozirgi «Liverpul» o‘rtamiyona va autsayderlarga ochko tarqatmoqda, ammo top-raqiblarni ranjitmoqda («Arsenal» va «MYu» bundan mustasno). Aynan qizillar Holandning golli seriyasini to‘xtatgan va «Manchester Siti»ga mavsumdagi yagona bo‘lib turgan mag‘lubiyatni taqdim etgandi, YeChLda bu mavsumda juda kuchli o‘yin namoyish etayotgan «Napoli» ham mavsumdagi ilk mag‘lubiyatini Klopp shogirdlariga qarshi o‘yinda qabul qilib olgandi. Shu bilan birga, «Tottenhem» tarkibdagi yo‘qotishlar va Antonio Kontening tarkibni kuchaytirish zarurligi haqidagi gaplari bilan bu o‘yin arafasida favorit bo‘lib ko‘rinmayotgandi.
Umuman olganda, «shporlar»da top-raqiblarga qarshi kompleks bor va bu an’ana saqlanib qoldi. Londonliklar himoyasi nafaqat Salohni to‘xtatishga qodir emasdi, balki unga gol ham sovg‘a qilishdi. Dayyerning to‘pni o‘z sherigiga tashlab berishga urinish chog‘idagi muvaffaqiyatsiz urinishi uzoq vaqtgacha unga uyqu bermasligi tayin, chunki bu harakati bilan u misrlik futbolchiga pas berib qo‘ydi. Darvozabon qarshisida bo‘sh qolgan Saloh esa mahoratini namoyish etib, jamoasini tanaffusga qulay hisobda olib chiqib ketdi. U ayni vaqtda juda yuqori sport formasida va u «Liverpul»dagi faoliyati davomida faqat bir mavsum startida hozirgidan ko‘ra yaxshiroq ko‘rsatkichlarga ega bo‘lgan. Forvard joriy mavsumda barcha turnirlar doirasida 14 gol urgan va 5 uzatmaga mualliflik qilgan.
Ikkinchi bo‘lim esa birinchisiga mutlaqo teskari kechdi. Mezbonlar bo‘limni faqat hujumda o‘tkazishdi - birinchi bo‘limda mehmonlar zarbalar berish bo‘yicha 9:4 hisobida ustunlikka erishishgandi, ikkinchi bo‘limda esa bu ko‘rsatkich londonliklar foydasiga 10:4 ko‘rinishida bo‘ldi. Ammo mezbonlar bu urinishlardan faqat bir marta foydalana olishdi, Keyn Kulushevskining uzatmasidan hisobni qisqartirdi.
Natijada Konte jamoasi so‘nggi besh o‘yindagi uchinchi mag‘lubiyatiga uchrab, to‘rtinchi o‘ringa tushib ketdi, Klopp jamoasi esa sakkizinchi o‘rinda qolmoqda.
Ispaniya: Sevilya derbisida uch chetlatish
Atletiko — Espanol 1:1
Gollar: Felish (79) — Darder (62).
Atletiko – Oblak, Molina, Savich, Ximenes, Reynildu, Lorente, Karrasko (Felish, 66), Kondogbia (Vitsel, 66), de Paul (Korrea, 46), Grizmann (Lemar, 73), Morata (Kunya, 73).
Espanol – Lekomt, Xil (Al Hiloli, 88), Kabrera, Kalero, Olivan (Keddari, 56), Darder, Bare (Serji Gomes, 35), Vinisius Kosta, Aleish Vidal (Losano, 88), Xoselu, Breytueyt (Puado, 56).
Ogohlantirishlar: Olivan (34), Breytueyt (53), Kondogbia (59), Lekomt (74), Ximenes (83), Vidal (85), Felish (87), Al Hiloli (90+6).
Chetlatish: Kabrera (28).
«Atletiko»da inqiroz davom etmoqda va hatto madridliklar uchun eng qulay raqiblardan sanalgan «Espanol» ham buni ko‘rsatib berdi. Mehmonlar avvaliga to‘pni topshirishdi va chuqur himoyada o‘ynashdi, 26-daqiqada Kabrera chetlatilib, bir kishi kam bo‘lib qolishgach esa butunlay raqib o‘yinini buzishga qaratilgan o‘yin namoyish etishdi.
O‘yinning ma’lum pallalarida kataloniyaliklar tom ma’noda butun tarkib bilan darvoza hududida joylashib olib, to‘pni o‘tkazmaslik haqida qayg‘urishdi. Himoya baribir yorib o‘tiladigandek ko‘rina boshlaganida esa «Espanol» golli hujum uyushtirdi. Havoda to‘p uchun kurashda ustun kelgan Xoselu to‘pni olis ustun oldidagi Darderga tashlab berdi. Faqatgina Joau Felishning yana zaxiradan o‘yinga qo‘shilishi «Atletiko» uchun dahshatli tushni to‘xtatdi, portugaliyalik esa ortiqcha harakat o‘ylab topmasdan, oddiy harakat bilan yaqin burchakni aniq nishonga olib, darvozabonni ojiz qoldirdi.
Aytish kerakki, Diyego Simeone Felishni ertaroq tushirishi kerak edi. Oxirgi o‘yinlarda zaxiradan tushib, gollar urayotgan futbolchi boshlang‘ich tarkibdan joy olishga haqli edi. U o‘ziga berilgan kamroq vaqtda ham g‘alaba keltirishi mumkin edi, ammo uning bosh bilan bergan zarbasi burchakka ketayotganida «Atletiko»ning sobiq posboni Lekom to‘pni «olib chiqdi». «Matraschilar» bunday o‘yin bilan mavsumni kuchli to‘rtlikda yakunlashi qiyin bo‘ladi.
Betis — Sevilya 1:1
Gollar: Navas (43, avtogol) — Gudel (82).
Betis – Bravo, Sabali, Pesselya, Edgar Gonsales, Moreno, Kanales (Villian Joze, 90+1), Vilyam Karvalyu (Guardado, 58), Rodriges, Fekir, Iglesias, Ruibal (Luis Enrike, 57).
Sevilya – Bunu, Montel, Gudel, Rekik, Akunya (Telles, 46), Rakitich, Gomes, Lamela, Oliver Torres (An-Nosiriq, 50), Jordan (Dolberg, 78), Rafa Mir (Navas, 43).
Ogohlantirishlar: Akunya (38), Vilyam Karvalyu (45), Lamela (66), Gomes (70), Gudel (75), Luis Enrike (83), Telles (83), Moreno (88).
Chetlatishlar: Montiel (38), Fekir (45+3), Iglesias (49).
Sevilya derbisi kamdan kam hollarda zerikarli kechadi va yakshanba kungi to‘qnashuv ham istisno holat bo‘lmadi. Kamida shuning uchunki, birinchi bo‘limning o‘zidayoq videotakrorlardan keyin jamoalarning tarkiblari qisqartirildi. Avvaliga «Sevilya» himoyachisi Montiel maydon markaziga yaqin joyda qanot chizig‘ida butsasining ostki qismi bilan raqib oyog‘iga tashlangach, muddatidan oldin kiyim almashtirish xonasiga yo‘l oldi. Keyin esa Fekir o‘z qarshisida qizil chiroqni ko‘rdi, u qanot bo‘ylab oldinga harakatlanayotganida o‘zini ta’qib etayotgan raqibni urib yubordi.
Bu ikki epizod orasida esa juda g‘alati holatda hisob ochildi: qizil kartochkadan keyin markaziy hujumchi o‘rniga tushirilgan qanot himoyachisi Xesus Navas Gudel jarima maydonidan chiqarib yubormoqchi bo‘lib tepgan to‘p yo‘lidan chiqib qoldi va avtogol muallifiga aylandi. Ammo «Sevilya»ning omadsizliklari ikkinchi bo‘limda son jihatdan ustunligi bilan almashdi - «Betis» hujumchisi Borxi Iglesias maydon markazida Xordanning oyog‘ini bosib olgach, maydondan chetlatildi. Tajribali Bravo qancha harakat qilmasin, javob golidan qutqara olmadi - Gudelning jarima maydoni tashqarisidan yo‘llagan kuchli zarbasi darvoza to‘sini ostidan to‘rga borib tushdi.
Serbiyalik ushbu futbolchi kecha qahramoni bo‘lishi ham mumkin edi, uning navbatdagi kuchli zarbasi egizak gol bo‘lishiga darvoza to‘sini xalaqit berdi, o‘yinga qo‘shib berilgan daqiqalarda esa Bravo uning o‘ta xavfli zarbasi golga aylanishiga yo‘l qo‘ymadi.
Italiya: derbi «Latsio» foydasiga
Roma — Latsio 0:1
Gol: Anderson (29).
Roma – Patrisiu, Karsdorp (Al-Sha’roviy, 63), Smolling, Manchini (Chelik, 46), Rojyer, Kristante, Pellegrini (Volpato, 53), Dzanolo, Kamara (Matich, 73), Abraham, Zalevski (Belotti, 73).
Latsio – Provedel, Romanoli, Kazale, Marushich, Luis Alberto (Bashich, 71), Vesino, Kataldi, Ladzari (Hyusay, 69), Felipe Anderson, Dzakkani (Romero, 85), Pedro (Kancheleri, 68).
Ogohlantirishlar: Manchini (8), Ladzari (25), Vesino (50), Patrisiu (87).
Payshanba kuni «Roma» muxlislari hamshaharlar Yevropa ligasi guruhida oxirgi tur arafasida peshqadam bo‘lib turgan holda bir mag‘lubiyat bilan uchinchi o‘ringa tushib ketib, Konferensiyalar ligasiga yo‘l olganini mazax qilayotgandi va faqat erinchoqlargina «Latsio» sport direktori Igli Tarening yevrokuboklar orasida darajasi bo‘yicha uchinchi bo‘lgan ushbu turnirni omadsizlar uchun tashkil etilgan foydasiz turnir deb ataganini eslamadi. Endi u «burgutlar» o‘tgan mavsumda «Roma» ega chiqqan ushbu sovrinni qo‘lga kiritmoqchi ekanini aytmoqda, ammo asosiysi — yakshanba kungi derbida «Latsio» bayram qildi.
«Bo‘rilar» mag‘lubiyati sababi odatdagi kabi. Birinchidan, vaziyatlardan foydalanishdagi kamchiliklar va omadsizliklar, masalan, Dzanoloning zarbalaridan biri ustunga tegdi. Ikkinchidan, himoyada golga olib keluvchi xatolarga yo‘l qo‘yilishi, bu borada (4) «Roma» joriy chempionatda yetakchi bo‘lib turibdi. Bu safar Pedro o‘z jarima maydonida to‘p bilan harakatlangan Rojyer Ibanesga bosim uyushtirdi va bu Felipe Andersonning goli bilan yakunlandi. Braziliyalik yarimhimoyachi amalda jarohatidan to‘liq sog‘aymagan Immobilening o‘rniga markaziy hujumchisi sifatida o‘ynamoqda.
O‘yinning qolgan qismi esa derbilarda tez-tez bo‘lgani kabi kichik janjallar bilan yodda qoldi, vaziyatlardan birida Joze Mourinoning yordamchisi chetlatildi, boshqa vaziyatda «Latsio» shtabi vakillaridan biri maydon tashqarisiga chiqib ketgan to‘pni bermaslikka uringanida ikki tomon futbolchilari ishtirokida bahs keltirib chiqardi.
Yuventus — Inter 2:0
Gollar: Rabo (52), Fajoli (84).
Yuventus – Shchensni, Sandro, Danilo, Bremer, Kuadrado, Kostich, Rabo, Lokatelli, Fajoli, Miretti (Di Mariya, 81), Milik (Keza, 73).
Inter – Onana, Dumfris (Bellanova, 81), de Vrey, Acherbi, Shkrinyar (Darmian, 81), Dimarko (Gozens, 74), Mxitaryan (Brozovich, 81), Chalxono‘g‘li (Korrea, 74), Barella, Jyeko, Martines.
Ogohlantirishlar: Chalxono‘g‘li (56), Shkrinyar (68), Danilo (77), Shchensni (90).
Hozirgi «Yuventus» juda kamtar ekanidan kelib chiqib, bu safargi «derbi Italiya» turning markaziy uchrashuvi maqomiga faqat inersiya tufayli da’vogarlik qilishi mumkinligini aytayotgandi. Ammo Massimiliano Allegri shogirdlarini «Inter» ustidan g‘alaba qozonish mumkinligiga ishontira oldi. Asosiysi — u buni qanday uddalashni bilardi. Mustahkam himoya va fidokorlik birinchi bo‘limda durang natijani ta’minladi. Turinliklar tanaffusga qadar raqib darvozasiga birorta aniq zarba bermagani ham bu taassurotni buza olmaydi.
Mezbonlar gollarni ikkinchi bo‘limga asrab qo‘ygandi, birinchi gol chap qanotda Kostich reyd uyushtirib, namunali qarshi hujum boshlashi va jarima maydoniga kirib borgan Rabo bir teginishda ideal aniqlikdagi zarba berishi bilan ro‘y berdi. Fransuz futbolchisi bu lahzada ajoyib kompaniyaga a’zo bo‘ldi, chunki «Yuve» safida «neradzurri» darvozasiga yarimhimoyachi ampluasida faqat ikki nafar buyuk vatandoshlari — Mishel Platini va Zinedin Zidan gol ura olgandi. Keyingi vaziyatlarda «Inter»ning omadi keldi, Daniluning goli videotakrordan keyin to‘p qo‘l bilan o‘ynalgani qayd etilib, bekor qilindi.
Intriga saqlab qolingach, o‘yin yanada qizg‘in kecha boshladi. Shchensni Lautaro Martinesning zarbasini oyoqlari bilan qaytarib yubordi, bunga javoban hujumda Kostichning zarbasi raqib darvozaboni barmoqlarini silab o‘tib, darvoza ustunidan qaytdi. Aynan ushbu serbiyalik o‘yinning eng yaxshi futbolchisi bo‘ldi va ikkinchi golni yaratib berdi, qulay vaziyatga chiqarilgan Fajoli esa aniq zarba berishi kifoya qildi. Bu «Yuventus»ning joriy mavsumdagi eng yaxshi bo‘limi bo‘ldi.
Endilikda «Keksa sinora» turnir jadvalida «Inter»ni quvib o‘tdi va ochkolar soni bo‘yicha «Roma» bilan tenglashib oldi.
Germaniya: yetakchining yakson etilishi
Bayyer — Union Berlin 5:0
Gollar: Andrix (46), Diabi (56, 58), Glojyek (68), Bakker (76).
Bayyer – Gradetski, Frimpong (Fosu-Mensa, 77), Tapsoba (Ta, 68), Kossunu, Inkapie, Bakker, Demirbay (Palasios, 55), Andrix, Amiri, Diabi (Adli, 68), Glojyek (Hadson-Odoi, 77).
Union – Grill, Trimmel, Knoxe, Baumgartl, Diogu Leyte, Ryuerson, Xedira (Pantovich, 69), Xaberer (Skarke, 75), Torsbyu (Zeguin, 59), Bekker (Mixel, 59), SebatshH (Berens, 59).
Ogohlantirishlar: Amiri (19), Xedira (24), Sebatsho (26), Torsbyu (41), Leyte (85).
Mavsum boshidan buyon chempionatda yetakchilik qilib kelgan berlinliklar Leverkuzenda yakson etildi. Va bu birgina bo‘limning o‘zidayoq ro‘y berdi - tanaffusga qadar tabloda nollar saqlanib qolgandi. Ammo ikkinchi bo‘lim boshlanishi bilan Andrix hisobni ochdi va bu zarbadan keyin mehmonlar o‘ziga kela olmadi. Turnir jadvalining quyi qismida qolayotgan «Bayyer» o‘zining haqiqiy joyi bu emasligini namoyish etib berdi va bu ertami-kechmi ro‘y berishi kutilayotgandi.
Albatta, buni Xabi Alonso effekti deyish to‘g‘ri bo‘lmaydi. Ispaniyalik ushbu mutaxassisning debyut o‘yinida autsayder «Shalke» tor-mor etilgandi (4:0), ammo jamoa keyingi olti rasmiy o‘yinda g‘alabaga erisha olmadi. Jamoa faqat raqibning ishonchsiz o‘yini («Atletiko») tufayli YeChL guruhida uchinchi o‘rinni egallab, Yevropa Ligasiga yo‘llanma oldi.
Qanday bo‘lmasin, turnir jadvali peshqadami 5:0 hisobida tor-mor etilishi bilan bog‘liq joriy asrdagi ikkinchi holat kuzatildi. Bunday holat avvalgi safar uch yil muqaddam kuzatilgan, o‘shanda Dortmundning «Borussiya» klubi «Bavariya»ni yakson etgandi. Shanba kungi o‘yinlarda «Bohum»ni mag‘lub etgan myunxenliklar «Union»ning sharmandali mag‘lubiyatidan keyin tur yakunlariga ko‘ra birinchi o‘rinni saqlab qoldi.
Fransiya: Neymar hal qildi
Loryan — PSJ 1:2
Gollar: Moffi (53) — Neymar (9), Danilu (81).
Loryan – Mvogo (Mannone, 13), Kalulu, Laport, Talbi, Le Goff, Uattara, Le Bri (Diarra, 73), Innosent (Kone, 85), Ponko (Aushish, 73), Le Fe, Moffi.
PSJ – Donnarumma, Hakimi, Ramos, Danilu Pereyra (Mukiyele, 85), Markinos, Mendesh (Bernat, 76), Verratti, Vitinya (Sanshesh, 67), Neymar, Mbappe (Sarabiya, 85), Ekitik (Soler, 76).
Ogohlantirishlar: Innosent (65), Hakimi (78).
Messi yakshanba kungi o‘yinni ehtiyotkorlik yuzasidan o‘tkazib yubordi, uning tovon qismida muammo yuzaga kelgan. Avvalroq Leo navbatdagi turda o‘ynamasligi, chunki uning shartnomasida milliy jamoaga ustuvorlik berilishi to‘g‘risida band borligi haqida xabarlar chiqqandi, JCh-2022 startiga esa ko‘p vaqt qolmayapti.
Ammo «PSJ» argentinalik futbolchisiz ham — garchi ancha ter to‘kib bo‘lsa-da — vazifani uddaladi. Jamoa avvaliga o‘yinni ketma-ket hujumlar bilan boshlagan «Loryan»ga qarshi turib berdi. Keyin esa Neymar raqib darvozaboniga bosim uyushtirib, to‘pga ega chiqqanidan keyin esa uni emaklatib gol urdi. Bu vaziyatda darvozabon Mvogo jarohat ham oldi.
Uning o‘rniga tushgan Mannone bir necha vaziyatda qutqardi, ikkinchi bo‘limda hisobni tenglashtirgan «Loryan» durangni saqlab qoladigandek ko‘rindi. Parijliklarda amalda vaziyatlar bo‘lmadi, Neymarni esa doimiy ravishda yiqitishdi, ammo bu bilan mezbonlar faqatgina braziliyalik futbolchining jahlini qo‘zg‘atishdi. Va aynan u Danilu Pereyra g‘alaba golini urishini ta’minladi.
Ammo o‘yinda yana bir holat ro‘y berdi, Mbappe almashtirilgach, zaxira o‘rindig‘ida qolmasdan, tribuna ortiga yo‘l oldi. Va bu demarsh yoki jarohat tufayli ekani ma’lum emas. O‘yindan keyin Kristof Galte hech qanday jiddiy narsa yo‘qligini aytdi: gap faqat mushaklar toliqishi bilan bog‘liq.
Kun statistikasi
- Lyuk de Yong «PSV»ning «Ayaks»ga qarshi qatorasiga to‘rt o‘yinda gol urgan ilk futbolchisi bo‘ldi.
- Bundesligada «Frayburg» qatorasiga uch o‘yinda darvozasi daxlsizligini saqlab qolgan holda g‘alabaga erishdi — bu bilan klub o‘zining 1994 yilgi rekordini takrorladi.
- «Nyukasl» so‘nggi 7 o‘yinning 4 tasida kamida 4 tadan gol urdi.
- «Ayaks» joriy mavsumda hozirdanoq 7 bor mag‘lubiyatli o‘yin o‘tkazdi. Bu o‘tgan mavsum davomida qabul qilingan mag‘lubiyatlardan bittaga ko‘p.
- «Kristal Pelas» hisobda ortda borayotgan o‘yinlarida vaziyatni o‘zgartirish orqali 12 ochko jamg‘ardi. Londonning bu jamoasi — joriy mavsumda APLdagi eng irodali jamoa bo‘lmoqda.
- «Lill» himoyachisi Ruy Fonti 38 yoshu 319 kunligida top-5 chempionatlarida gol urgan eng yoshi katta futbolchiga aylandi.
Tavsiya etamiz
O‘zbekistonda to‘y qilish tartibi yangilanadi
O‘zbekiston | 17:03 / 22.04.2025
Qulupnaychilar qishlog‘i: O‘qchidan reportaj
Jamiyat | 15:15 / 22.04.2025
Osiyo kubogi g‘oliblari tantanali kutib olindi - foto
Sport | 23:22 / 21.04.2025
Tramp Putinga muhlat berdi, Fransiya Falastinni tan olmoqchi - Geosiyosiy hafta tahlili
Jahon | 17:10 / 21.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Gurbanguli Berdimuhamedov Samarqandda Hazrati Xizr majmuasiga va «Boqiy shahar» bog‘iga tashrif buyurdi
O‘zbekiston | 07:30
-
Avstraliyada yuzlab koalalar vertolyotdan turib o‘qqa tutildi
Jahon | 01:16
-
Keniya prezidenti rossiyalik olirgarxning pullarini yuvishda ayblanmoqda
Jahon | 00:31
-
Kashmirda sayyohlarni o‘qqa tutgan terrorchilar haqidagi ma’lumot uchun mukofot e’lon qilindi
Jahon | 23:43 / 23.04.2025
Mavzuga oid

12:04 / 21.04.2025
«Real» chempionlik poygasida qoldi, «Liverpul»ga chempionlik uchun bir g‘alaba qoldi. Kun o‘yinlari

11:41 / 18.04.2025
Remontada «Old Trafford»da bo‘ldi. «MYu» 7 daqiqada uchta gol urib yarimfinalga chiqdi

12:20 / 17.04.2025
«Arsenal» «Real»ni YeChLdan chiqarib yubordi. Arteta buni qanday uddaladi va «Madrid»ning muammosi nimada?

03:04 / 17.04.2025