Jahon | 17:04 / 07.11.2022
4650
3 daqiqa o‘qiladi

Rossiyada internet trafikni maxfiy kuzatish tizimi ishlab chiqilyapti

Runetda trafikni nazorat qilish tizimini ishlab chiqishga 1,2 milliard rubl sarflanadi. Tizim barcha provayderlar va aloqa operatorlari o‘rtasida ma’lumotlar uzatilishini nazorat qilishi kerak, deya xabar bermoqda «Vedomosti».

Foto: TASS

Rossiyada internetning rus segmentida trafikni kuzatish tizimi ishlab chiqiladi. Roskomnadzor (RKN) barcha operatorlar va aloqa provayderlari o‘rtasida ma’lumotlar uzatilishini nazorat qiluvchi hamda idora talablariga rioya etmayotganlarni aniqlaydigan tarmoqdagi trafik yo‘nalishlarini monitoring qilish tizimini ishga tushiradi, deb xabar berdi dushanba, 7 noyabr kuni «Vedomosti» gazetasi. Raqamli rivojlanish vazirligi tomonidan tayyorlangan Rossiya hukumatining tegishli qarori allaqachon normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari portalida paydo bo‘lgan.

Runetda trafikni nazorat qilish tizimini rivojlantirishga ikki yil davomida 1,2 milliard rubl sarflanadi. Bu 2023 yilgi hamda 2024 va 2025 yillardagi rejalashtirish davri uchun federal budjet loyihasida belgilab qo‘yildi. Tizim «Suveren internet to‘g‘risida»gi qonun asosida yaratilgan Jamoatchilik kommunikatsiyalari tarmog‘i monitoringi va nazorati markazi tomonidan ishlab chiqiladi.

Hukumat qarorida yangi nazorat tizimi qanday ishlashi haqida batafsil ma’lumot berilmagan. "Infokultura" ANO direktori Ivan Begtinning so‘zlariga ko‘ra, tizim ma’lumotlar uzatish kanallarining egizagiga aylanadi, bu birinchi navbatda ma’lumotlarni kiritish va chiqish nuqtalarini boshqarish uchun zarur.

Internetni tadqiqot qilish instituti rahbari Karen Kazaryanning so‘zlariga ko‘ra, monitoring tizimi tarmoqlar o‘rtasida trafik qanday «sayohat qilishini» tushunishga hamda DDoS- i BGP-hujumlar oldini olishga yordam beradi, bunda kibertajovuzkor boshqa tarmoq mijozining internet ulanishiga kiradi hamda uning trafigini ushlab oladi.

Shunisi e’tiborga loyiqki, 2022 yilda Rossiya internetdagi erkinlik darajasi bo‘yicha dunyodagi 70 ta davlatlar orasidan 65-o‘rinni egalladi. Amerikaning Freedom House tadqiqot tashkiloti hisobotiga ko‘ra, u ushbu mezon bo‘yicha bir yil ichida yetti ball yo‘qotdi, bu Rossiyaning 2009 yildan beri eng yomon natijasidir.

2022 yilning 24 fevralida Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushi boshlanganidan beri, Roskomnadzor 7000 ga yaqin saytlarni, jumladan mustaqil ommaviy axborot vositalari, inson huquqlari tashkilotlari, siyosiy partiyalar, jamoat arboblari, shuningdek, Twitter, Facebook va Instagram ijtimoiy tarmoqlarini blokladi. 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid