Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
La Repubblica: AQShdagilar Ukraina Xersonni olgach muzokara boshlashi kerak deb hisoblamoqda
Foto: Il Fatto Quotidiano
AQSh va NATO rasmiylari ukrain armiyasi rossiyaliklar egallab turgan Xerson ozod etilganidan keyin Ukraina Rossiya bilan muzokaralarni kuchli pozitsiyada turib boshlashi mumkin deb hisoblamoqda. Bu haqda Italiyaning La Repubblica gazetasi yozadi.
Nashr ma’lumotiga ko‘ra, AQSh Yevroittifoqqa shunday xabarni yetkazgan va ukrain rasmiylarini ham shunga undamoqda. Gazeta Vashington ilk bor bunday taklifni ilgari surayotganini qayd etgan.
La Repubblica nashrida yozilishicha, NATOning Bryusseldagi qarorgohida aylanayotgan so‘nggi tahlilda Rossiyaning Xersondagi mag‘lubiyati harbiy, siyosiy va diplomatik nuqtayi nazardan muhimligi — va bu Moskva bilan ilk haqiqiy muzokaralarni boshlash imkonini berishi keltirilgan.
Avvalroq Amerikaning The Washington Post gazetasi AQSh prezidenti ma’muriyati Ukraina rahbariyatidan Ukrainani qo‘llab-quvvatlayotgan mamlakatlar aholisini xavotirga solmaslik uchun Kiyev Moskva bilan muzokaralarga tayyorligini ochiq namoyish etishni so‘ragani haqida xabar bergandi.
- Oktyabr oyida Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy «RF prezidenti Vladimir Putin bilan muzokaralar o‘tkazish mumkin emasligi» haqidagi farmonini imzolagandi. Bu Rossiya Ukraina hududlari annexiasi haqida e’lon qilishi ortidan ro‘y bergandi. Undan oldinroq Zelenskiy agar hududlar RF tarkibiga qo‘shib olinsa, Ukraina Rossiya bilan har qanday muzokaralardan bosh tortajagidan ogohlantirgandi.
- Rossiya vakillari bir necha bor Ukraina bilan 2022 yil bahorida to‘xtab qolgan muzokaralarni (Buchada tinch aholi qirg‘in qilingani fosh bo‘lgach) tiklashga tayyorliklari haqida ma’lum qilgan. «Meduza» manbalariga ko‘ra, Rossiya hukumati 2023 yil fevral-mart oylarida yangi hujum boshlash uchun tayyorgarlik ko‘rish maqsadida Ukraina bilan to‘laqonli tinchlik shartnomasi emas, balki vaqtincha o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvga erishishni ko‘zlamoqda.
Mavzuga oid
15:08 / 17.01.2026
Ukraina sudi Timoshenko uchun 661 ming yevro garov belgiladi
14:28 / 17.01.2026
Shmixal: Ukrainada Rossiya zarbalaridan zarar ko‘rmagan elektr stansiyalari qolmadi
13:17 / 17.01.2026
Zelenskiy: Ukraina delegatsiyasi AQShga yo‘l oldi
12:17 / 17.01.2026