Sönggi haftalarda Rossiya hukumati Ukraina yoki Ğarb davlatlari bilan boşlanişi mumkin bölgan muzokaralar haqida tez-tez gapirmoqda. Masalan, 14 oktyabr kuni Rossiya taşqi razvedka xizmati rahbari Sergey Narişkin muzokaralar ötkazilişi mumkinligini, biroq bu faqat «muayyan şartlar asosida» bölişini aytdi. 6 oktyabr kuni esa Federatsiya Kengaşi raisi Valentina Matviyenko Ukraina hukumatiga Rossiya «taklif qilgan şartlar» asosida «tinçlik şartnomasi» böyiça muzokaralarni «hoziroq» boşlaşni taklif qilgandi.

Vladimir Putin ham sentabr oyi örtalarida muzokaralar haqida töxtalgandi: «Biz buni (uruşni) imkon qadar tezroq töxtatiş uçun barça çoralarni köramiz. Afsuski, faqat qarama-qarşi tomon — Ukraina rahbariyati muzokaralar jarayonidan voz keçişini va öz maqsadlariga jang maydonida harbiy yöl bilan erişmoqçi ekanini e’lon qildi.

Xöş, Rossiya oliy martabali vakillari tinçlik kelişuvlari haqida tez-tez gapirişidan asl maqsad nima?

Ukraina tomoni sönggi paytlarda Putin bilan muzokaralar ötkaziş imkoniyatini bir neça bor rad etdi. Oktyabr oyi boşida prezident Volodimir Zelenskiy «Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan muzokara ötkaziş mumkin emasligi» haqidagi farmonni imzoladi. Bu hujjat Ukraina hududlarini qöşib oliş böyiça Rossiya tomonidan ötkazilgan «referendumlar»ga javoban qabul qilindi.

Putin haqiqatan ham 2022 yil bahorida töxtab qolgan tinçlik kelişuvlarini qayta boşlaş haqida öylamoqda. Şu bilan birga, u Rossiya Donbassdagi hududlar ustidan nazoratni saqlab qolişini xohlaydi va «Qrimni muhokama qilişni umuman istamaydi».

«Meduza» naşrining Kremlga yaqin ikki manbasi va Rossiya hukumatiga yaqin boşqa bir manbasiga köra, bu pozitsiya hali ham özgarmagan. Biroq naşr suhbatdoşlarining ma’lum qilişiça, Rossiya hukumati yangi «taktik variant»ni işlab çiqqan. Bu tölaqonli tinçlik şartnomasi tuzişni emas, balki vaqtinçalik öt oçişni töxtatiş rejimini joriy etişni nazarda tutadi. Kremlning fikriça, Rossiya va Ukraina harbiylari bu borada ikki davlatning birinçi rahbarlarini jalb etmasdan turib ham kelişib olişi mumkin.

Naşrning Kremldagi suhbatdoşi, katta ehtimol bilan Rossiya hukumati uşbu kelişuvga erişiş uçun Xerson oblastidagi bosib olingan hududlarning bir qismini tark etişga ham tayyor ekanini aytgan.

Xerson oblastidagi front çiziğida nimalar yuz bermoqda?