Jahon | 08:17 / 10.11.2022
13103
2 daqiqa o‘qiladi

Kiyev Shoyguning Xerson haqidagi buyrug‘iga vazminlik bilan munosabat bildirdi

Rossiya qo‘shinlarining Xersondan olib chiqib ketilishi haqida gapirishga hali erta, deya ma’lum qildi Reuters agentligiga Ukraina prezidenti devoni rahbari maslahatchisi Mixail Podolyak. 

Foto: president.gov.ua

Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya qo‘shinlarining bir qismi shaharda qolmoqda, ayni paytda mintaqaga qo‘shimcha kuchlar jalb qilinmoqda. 

Ukraina Rossiya tomonining bayonotlariga e’tibor bermayapti, chunki so‘z va harakatlar umuman turlicha bo‘lgan boshqa narsalar va Xerson ustida Ukraina bayrog‘i ko‘tarilmaguncha, Rossiyaning chekinishi haqida gapirishdan ma’no yo‘q, dedi Podolyak.

Bundan oldin Rossiya qo‘shinlari Xerson viloyatida bir nechta ko‘priklarni portlatib yuborgandi.

Xerson viloyatida Ingulets daryosi bo‘ylab o‘tgan Darevskiy ko‘prigi portlatib yuborildi, u Rossiya qo‘shinlari tomonidan egallab olingan Xerson va Nova Kaxovka o‘rtasida aloqa yo‘li bo‘lib xizmat qilayotgandi. 

Mahalliy Telegram kanallar xabariga ko‘ra, ko‘prik Rossiya qo‘shinlari tomonidan portlatilgan. 

Bundan tashqari, Xersonni o‘rab turgan boshqa bir qator o‘tish joylari - Ukraina Qurolli kuchlari ilgari harakat qila boshlagan Snigirevkaga kiraverishdagi Tyaginskiy piyodalar ko‘prigi va Novovasilevskiy ko‘prigi portlatilgani haqida xabar berilgan.

Mavzuga oid