Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Putin Indoneziyada bo‘lib o‘tadigan G20 sammitida qatnashmaydi
Rossiya prezidenti Vladimir Putin kelasi hafta Balida bo‘lib o‘tadigan G20 sammitida qatnashmaydi. Rossiyadan tashqi ishlar vaziri Lavrov ishtirok etadi.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin 15-16 noyabr kunlari Balida (Indoneziya) bo‘lib o‘tadigan G20 sammitida qatnashmaydi. Uning o‘rniga Rossiyadan tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov ishtirok etadi. Buni 10 noyabr kuni Indoneziya hukumati ham, Rossiyaning ushbu mamlakatdagi elchixonasi ham tasdiqladi. Shu bilan birga, ikkala tomon ham Putin sammit doirasidagi uchrashuvlardan birida onlayn tarzda ishtirok etishi mumkinligini taxmin qildi.
Avvalroq Indoneziya rasmiylari Rossiyaning sammitga taklifini boshqa davlatlar tomonidan bosimga uchragan taqdirda ham qaytarib olmasliklarini bildirgan edi. Mamlakat prezidenti Joko Vidodo Financial Times gazetasiga bergan intervyusida G20 forumi «siyosiy bo‘lmasligi, unda iqtisodiyot va taraqqiyot masalalari muhokama qilinishi kerak», deb ta’kidladi. Shu bilan birga, u sammit ishtirokchi davlatlar o‘rtasidagi ziddiyatning «juda bezovta qiluvchi» kuchayishi soyasida qolishi mumkinligidan xavotir bildirdi.
Oktabr oyida Moskva «g‘alla bitimi»dan bir tomonlama chiqib ketganidan keyin Ukraina Rossiyani G20’dan chiqarib yuborishga chaqirdi. Avvalroq bu g‘oyani AQSh prezidenti Jo Bayden qo‘llab-quvvatlagan edi. Agar bu amalga oshmasa, u Ukrainani G20’ga kiritishni taklif qildi. Qrim annexia qilinganidan keyin Rossiya «katta sakkizlik»dan chiqarib yuborilgan.
Balidagi G20 sammitida AQSh prezidenti Jo Bayden uchrashuvlar chog‘ida Ukraina masalasini tartibga solish mavzusini ko‘tarishga va’da bergan, shuningdek, Xitoy yetakchisi Si Jinping ishtirok etadi. Volodimir Zelenskiy ham sammitga taklifnoma oldi. 3 noyabr kuni Ukraina prezidenti «Agar Rossiya rahbari ishtirok etsa, unda Ukraina qatnashmaydi», dedi. Biroq, 8 noyabr kuni Kiyev shunga qaramay, Ukraina prezidenti sammitda «qaysidir formatda» - ehtimol onlayn tarzda ishtirok etishini tasdiqladi.
Iyul oyida Indoneziyaning Bali orolida bo‘lib o‘tgan G20 tashqi ishlar vazirlarining konferensiyasida Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov o‘zini yakkalanib qolgan va uchrashuvni muddatidan avval tark etgan edi.
Mavzuga oid
10:45 / 16.06.2026
Zelenskiy Putinga G7 sammitida uchrashuv o‘tkazishni taklif qildi
08:59 / 15.06.2026
Zelenskiy G7 sammitida Tramp bilan uchrashishini ma’lum qildi
10:02 / 13.06.2026
Ukraina armiyasida keng ko‘lamli islohotlar boshlandi
14:20 / 11.06.2026