O‘zbekiston | 08:11 / 10.11.2022
10068
2 daqiqa o‘qiladi

Samarqandda o‘tkaziladigan Turkiy tashkilot sammiti kun tartibi ma’lum qilindi

Joriy yil 10-11 noyabr kunlari Samarqand shahrida Turkiy davlatlar tashkilotiga a’zo mamlakatlar rahbarlari yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi.

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tadigan tadbirda Turkmaniston Milliy kengashi Xalq maslahati raisi Gurbanguli Berdimuhamedov, Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an, Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev, Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev, Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov va Vengriya bosh vaziri Viktor Orban ishtirok etadi.

Xalqaro turkiy madaniyat tashkiloti (TURKSOY), Turkiy davlatlar parlament assambleyasi (TURKPA), Xalqaro turkiy akademiya, Turkiy madaniyat va meros jamg‘armasi hamda ushbu ko‘p tomonlama tuzilma kotibiyati rahbarlari qatnashishi rejalashtirilgan.

Sammit kun tartibidan iqtisodiyot, savdo, investitsiya, transport, innovatsiya, ekologiya, turizm, madaniy-gumanitar va  boshqa sohalarda o‘zaro manfaatli va ko‘p qirrali hamkorlikni yanada rivojlantirish, tashkilot faoliyatini takomillashtirish masalalari o‘rin olgan. 

Yakunda Samarqand deklaratsiyasi hamda Turkiy davlatlar tashkiloti doirasidagi amaliy hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan boshqa muhim qaror va hujjatlar qabul qilinishi ko‘zda tutilgan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid