1980 yilda Moskvada KGB Boş boşqarmasi xodimi mayor Viktor Şeymov oilasi bilan bedarak yöqoladi. Öşa paytda KGB va IIV özaro raqobatda bölgani uçun hamkasblari uni militsiya yöq qilgan deb öylaşadi. Ammo unday emasdi. Şeymov xotini va 5 yoşli qizi bilan SSSRdan qoçgan edi. Oradan 8 yil ötib uning AQŞga qoçgani ma’lum böladi. Şeymovning bu işi KGB zobitlarining Ğarbga qoçişi bilan boğliq birinçi hodisa emasdi. Ungaça va undan keyin ham KGBning köplab xodimlari Ğarbning turli davlatlaridan siyosiy boşpana söragan.

SSSRda KGB (Komitet gosudarstvennoy bezopasnosti – Davlat xavfsizlik qömitasi) 1954 yilda taşkil etilgan. Ungaça bu taşkilot NKVD (Narodnyy komissariat vnutrennix del – Içki işlar xalq komissariati) tarkibida bölgan.

Qömita taşkil etilgan paytda Stalin vafot etgan (1953 yil 5 mart kuni ölgandi), uning tuzumi tomonidan qatağon qilingan şaxslarga qözğatilgan jinoyat işlari qayta körib çiqilayotgan edi.

Stalinning vafotidan bir neça oy ötib, 1953 yil 26 iyun kuni NKVD boşliği Lavrentiy Beriya ham qölga olinadi va öşa yili 23 dekabr kuni otib taşlanadi.

Şundan söng boşqa taşkilotlar qatori NKVD ham isloh qilinadi va uning tarkibida bölgan davlat xavfsizlik vazirligi alohida ajratilib, qömitaga aylantiriladi. Şu bilan birga NKVDda yuqori lavozimni egallagan şaxslar ham qölga olinadi.

Bundan taşqari, bir paytlar Beriya tomonidan xorij mamlakatlariga yuborilgan sovet josuslari SSSRga çaqirilib, ularga qarşi jinoyat işlari qözğatiladi.

Ana şu paytda xorijda yurgan sovet josuslarining ayrimlari vatanga qaytgaç jazolanişini bilib, özi işlayotgan davlatdan siyosiy boşpana söray boşlaydi.

Aslida, sovet josuslarining xorijiy davlatlardan siyoiy boşpana söraşi avvalroq boşlangan bölsa-da, Stalin vafoti va Beriyaning otib taşlanişidan keyin bunday hodisalar keskin köpayadi.

Stalin va Beriya / Foto: yaplakal.com

Masalan, birgina 1954 yilning özida beş nafar sovet josusi xorij davlatlardan siyosiy boşpana söraydi.

Jumladan: