Vladimir Petrov / Foto: en.wikipedia.org

Tarix sahnasida bor-yöği 69 yil yaşagan sovet ittifoqidan juda köpçilik qoçib ketgan. Erkinlikning yöqligi, ma’muriy-buyruqbozlik asosidagi boşqaruv, haddan ortiq nazorat tufayli olimlar, adiblar, san’atkorlar, siyosatçilar boşqa mamlakatlardan siyosiy boşpana söraşgan.

Ularning ayrimlari mamlakatni oşkora isyon bilan tark etgan bölsa, boşqalari turli işlar bahonasida xorijga çiqib, söng SSSRga qaytmagan. Ba’zilar esa xorijga işga yuborilganda öşa yoqdan qaytişni xohlamagan va özi işlayotgan davlatdan siyosiy boşpana söragan.

Ana şulardan biri SSSRning Avstraliyadagi elçixonasida elçining uçinçi yordamçisi sifati faoliyat yuritgan KGB josusi Vladimir Petrov edi.

Vladimir Petrovning 1954 yilda Avstraliya hukumatidan boşpana söraşi öz davrida juda katta şov-şuvlarni keltirib çiqargan va xalqaro darajada siyosiy nizolarga sabab bölgandi.

Bu şaxs Kanberraga elçixona xodimi sifatida yuborilgan bölsa-da, Avstraliyada asosan josuslik bilan şuğullanadi. Petrovda köplab maxfiy ma’lumotlar bor edi. Şu sababli SSSR rahbariyati uni nima qilib bölsa ham Moskvaga qaytariş harakatini qiladi, ammo buning uddasidan çiqişolmaydi.

 

Ismini bir neça marta özgartirgan josus

Vladimir Petrovning asl ism-şarifi Afanasiy Şoroxov bölgan. Vladimir avvaliga komsomol taşkilotida işlaydi, söng NKVDga işga kiradi. 1929 yilda u ism-şarifini Vladimir Proletarskiy deb özgartiradi.

1933 yilda Birlaşgan davlat xavfsizligi boşqarmasi (KGB öşa paytlarda NKVD tarkibida şunday deb atalgan) safiga kiradi va uning xorijiy bölimida işlaydi. 1938-1939 yillarda ayğoqçi sifatida Xitoyda faoliyat olib boradi. 1942 yilda ism-şarifi Vladimir Petrovga özgartirilib Şvetsiyaga jönatiladi.

1951 yilda Vladimir Petrov va uning xotinini SSSRning Kanberradagi elçixonasi xodimlari niqobi ostida josuslik qiliş uçun Avstraliyaga yuborişadi.

Vladimir Petrov va uning rafiqasi / Foto: moadoph.gov.au