— Yaqinda Germaniya taşqi işlar vaziri Annalena Berbok Özbekistonga taşrif buyurdi. U taşrif davomida «Tolibon»dan aziyat çekayotgan minglab afğonistonliklarni Özbekiston orqali olib çiqib ketiş masalalarini muhokama qilganini bildirdi.

Nemis rasmiysi «Tolibon»ga nisbatan Özbekiston yuritayotgan siyosat haqidagi Vladimir Norovning nutqidan söng, bu masalada Germaniya Özbekiston bilan hamfikr emasligini ta’kidladi. Nima deb öylaysiz, nega Germaniya «Tolibon»ga qarşi pozitsiyada?

– Aslida, Kollektiv Ğarb va Özbekistonning pozitsiyasini bitta pozitsiyaning ikkita katta qismi deyişimiz mumkin. Özbekistonda tanlaş imkoniyati mavjud emas. Çunki Afğoniston bizning qöşnimiz. Istaymizmi, yöqmi, bu hokimiyatga kelgan real voqelik. Özbekiston «Tolibon»ga nisbatan «yaxşi politsiyaçi» rolini öynayapti. U bilan muttasil aloqada, ularni transformatsiya bölişiga muttasil işontirişga harakat qilyapti.

Kamoliddin Rabbimov

Şu bilan birga taşqi dunyo qöygan şartlarni Özbekiston albatta istaydi. Ya’ni butun taşqi dunyo «Tolibon»ga nisbatan bir qança fundamental şartlar qöygan. Birinçisi, taşqi dunyodagi terroristik va ekstremistik guruhlar bilan aloqalarni uziş va ularni heç bir şaklda qöllab-quvvatlamaslik. Ikkinçidan, «Tolibon» hokimiyatda inklyuziv boşqaruvni şakllantirişi kerak. U yerdagi har xil etnik guruhlarga hokimiyatdan joy berişi kerak. Gender masalasida ayollarga ham kengroq imkoniyatlar berilişi kerak. Jumladan, sobiq hokimiyat vakillariga ham hokimiyatdan joy berişi kerak. Bu talablarning bajarilişi Özbekiston manfaatlariga töliq javob beradi.

Özbekistonning «Tolibon» bilan aloqa qilişdan birinçi maqsadi – geosiyosiy mustaqillik. Agar biz ular bilan aloqani yölga qöymasak, taşqi dunyo qöllayotgan biror paketga qöşilişimiz kerak böladi. Amerika bilan desangiz, ular 20 yil «Tolibon» bilan urişgan, munosabatlar tarang. Demak, Rossiyaning paketiga qöşiladigan bölsak, ruslar «janubdagi tahdid» bahonasida Markaziy Osiyoga geosiyosiy bosim qilişadi. Rossiyaning birinçi şarti Özbekiston KXŞTga qöşilişi kerak, deydi. Özbekiston öz neytralligini saqlab qoliş uçun töğridan töğri «Tolibon» bilan muloqot olib bordi.