1 noyabr kuni Toşkentda Özbekiston taşqi işlar vaziri Vladimir Norov va Germaniya Federativ Respublikasi taşqi işlar vaziri Annalena Berbok OAV vakillari uçun ötkazgan brifingda Afğoniston masalasi ham kötarildi. Bu haqda Kun.uz muxbiri habar bermoqda.

«Öşa kundan boşlab [2021 yil sentabrda Afğoniston hokimiyatiga «Tolibon» kelgani nazarda tutilmoqda – tahr.] siz uçun hayot osonlaşgani yöq. Çunki, inqirozlar öçoği şundoqqina sizning ostonangizda turibdi. Ötgan yili yozdan buyon «Tolibon» ayollarning ta’lim oliş va erkinlikka bölgan huquqlarini öğirlamoqda. Şuning uçun afğonistonliklar qörquvda yaşayapti, çunki yaşaş va yaşab ötiş ikki xil narsa.

Hozirgi kunda federal hukumat har oyda minglab kişini Özbekiston orqali Germaniyaga olib çiqib ketiş böyiça qaror qilgan. Bular birinçi navbatda eng köp tazyiqqa uçragan Afğoniston fuqarolari böladi. Ularni qanday qilib Özbekiston orqali olib çiqib ketişni biz siz bilan [Vladimir Norov nazarda tutilmoqda] muhokama qildik», - deya Germaniya taşqi işlar vazirining sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Brifingdan söng, Vladimir Norov Özbekiston24 muxbiri savoliga javoban Özbekiston Afğonistonga yordam berayotgani, u yerda tinçlik örnatilişi va gumanitar inqirozning oldini oliş borasida harakat qilayotganini ta’kidladi. Şuningdek, Norov Afğonistonning xorijda muzlatilgan aktivlarini qaytariş va u yerdagi infratuzilmalarni qayta tiklaşda jahon hamjamiyati yordam berişi kerakligi haqida fikr bildirdi.

Annalena Berbok Vladimir Norovning javobidan söng Özbekiston bilan bu borada hamfikr emasligini va hozirgi Afğoniston hukumati qilayotgan işlarga Germaniya qarşiligini bildirib ötdi.

«Biz Afğonistondagi fuqarolarni taqdir taqozosiga taşlab ketişga haqqimiz yöq, bunday qilmaymiz ham. Oxirgi oylarda u yerda bölayotgan inqiroz va holatlarni köryapmiz. Oldimizda qiş turibdi, u öziga yaraşa qiyinçiliklarni olib keladi. Biz federal hukumat sifatida Afğonistondagi insonlarga yordam berişni davom ettiramiz. Özbekistonning Afğoniston borasida amalga oşirayotgan işlarini yuqori baholaymiz va tasanno aytamiz.

Lekin qanday bölganda ham biz bu masalaga Özbekiston bilan har xil qaraşga egaligimizni tuşunib yetdim. Çunki biz uçun «Tolibon» Afğonistonda odamlarning erkinliklarini öğirladi. Fursatdan foydalanib aytib ötmoqçimanki, biz hozirgi Afğoniston hukumatining qilayotgan işlariga qarşimiz», - dedi Annalena Berbok.