Rossiya mudofaa vazirligi juma kuni Xersondagi qöşinlarni Dneprning çap sohiliga olib ötiş jarayoni yakunlanganini ma’lum qildi. Moskva barça harbiylar - 30 ming kişi olib çiqilgani hamda harbiy texnikalar (5 mingga yaqin) va qurol-yaroğlar boy berilmaganini ma’lum qilgan. BBC nima uçun bunday çekinişda yöqotişlar bölmagani va bunday amaliyot qanday murakkabliklar keltirib çiqarişini tahlil qildi.

Juma kuni Rossiya mudofaa vazirligi Xersondagi qöşinlarni Dneprning çap sohiliga ötkaziş jarayoni 11 noyabr kuni tonggi soat 5 da yakunlanganini e’lon qildi. Şu tariqa, Rossiya armiyasi Ukrainada 24 fevraldan keyin egallab olingan sönggi oblast markazini taşlab çiqdi.

Moskva Dneprning çap sohiliga 30 mingdan ortiq harbiy xizmatçi olib ötilganini ma’lum qilmoqda. Rossiya mudofaa vazirligi xabarida qöşinlarni olib ketişda «birorta harbiy texnika va qurol-yaroğ öng sohilda qoldirilmagani, rossiyalik barça harbiy xizmatçilar daryodan ötgani, Rossiya guruhining şaxsiy tarkib, qurol-yaroğ, texnika va harbiy anjomlarida yöqotişlarga yöl qöyilmagani» ta’kidlangan.

Avvalroq Ukraina va Ğarbdagi harbiylar Rossiya qöşinlari Dneprning öng sohilidan olib ketilişi bir haftagaça vaqt olişi mumkinligini aytişgandi. 

Ukraina naşrlarida Xerson yönalişida rossiyaliklar tomonidan taşlab ketilgani aytilgan texnikalar aks etgan videolar tarqalgan. Şu bilan birga, Dneprning çap sohiliga olib ötuvçi asosiy yöl bölgan Antonov köprigi qulagani aks etgan video va fotolar e’lon qilindi.

Rossiyadagilar nima deyişdi?

Xersonni taşlab çiqişga tayyorgarlik körilayotgani haqida rossiyaparast telegram-kanallar bir neça haftadan buyon yozayotgandi, Rossiya hukumati bu haqda 9 noyabr kuniga kelib e’lon qildi.

Şu kuni Rossiya televideniyesida Ukrainadagi qöşinlar qömondoni Sergey Surovikinning mudofaa vaziri Sergey Şoyguga hisoboti namoyiş etildi. General Dneprning öng sohilidagi guruh ta’minoti murakkablaşganini aytib, daryoning çap sohilida yangi mudofaa çiziği taşkil etişni taklif qildi. Şoygu bunga rozilik bildirdi.

Rossiya sentabr oyi oxirida ötkazilgan soxta referendumlardan (dunyoda heç bir davlat uning natijalarini tan olmadi) keyin oktyabr oyi boşida Xerson oblastini, Donetsk, Luhansk va Zaporijjya oblastlari bilan birga öz tarkibiga qöşib olgandi, ya’ni endilikda Rossiya qöşini Moskva rasman öz tarkibida deb hisoblaydigan hududni tark etdi.