Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
FVV tizimiga kontrakt asosida harbiy xizmatga qabul qilish tartibi e’lon qilindi
Favqulodda vaziyatlar vazirining “Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimiga kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatga nomzodlarni saralash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrug‘i loyihasi e’lon qilindi.
Buyruq Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimiga kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatga nomzodlarni saralash tartibini belgilaydi.
Nomzodlarni kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatga saralash tadbirlari quyidagi bosqichlarni o‘z ichiga oladi:
- dastlabki o‘rganish (hujjatlarni yig‘ish va o‘rganish, suhbat);
- jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash;
- psixologik o‘rganish (nomzodlar intellektual rivojlanganlik darajasi va psixoemotsional barqarorligini baholash);
- tibbiy ko‘rik;
- muvofiqlashtirishdan o‘tkazish yoki maxfiy ma’lumotlar bilan ishlash uchun ruxsatnoma rasmiylashtirish.
Nizom qabul qilinishi saralash tadbirlari o‘tkazilishi huquqiy asosi hisoblanib, tadbirlar shaffoflik, ochiqlik va tenglik tamoyillarida o‘tkazilishini ta’minlaydi, bu vazirlik tizimiga munosib nomzodlarni tanlab olish imkonini beradi.
Saralash tadbirlaridan muvafaqqiyatli o‘tgan nomzodlar Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimiga kontrakt asosida haqiqiy harbiy xizmatga qabul qilinadi.
Mavzuga oid
18:37 / 02.05.2026
Farg‘ona va Surxondaryoda sel kuzatildi, Samarqandda ko‘chalarni suv bosdi
13:45 / 26.04.2026
Toshkent viloyatida tadbirkordan 63 ming dollar talab qilgan FVB boshlig‘i ushlandi
23:08 / 18.04.2026
Qoraqalpog‘istonda YTH natijasida avtomobil salonida qisilib qolgan haydovchi qutqarildi
21:10 / 04.04.2026